O’zbekistоn respublikasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/100
Sana01.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#422309
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Bog'liq
tarmoq texnologiyasi va jihozlari

2. Yigirish tizimlari. 
Tolalar massasidan yigirilgan ip olish uchun paxta bir necha ishlov 
operatsiyalaridan o'tishi lozim. Yigiruv fabrikalariga paxta presslangan holda 
keltiriladi. Dasdabki ishlash zavodlarida ilk ishlov berilgandan so'ng paxta yirik, 
iflos aralashmalar va chigitlardan tozalanadi. Biroq unda anchagina mayda 
aralashmalar, shuningdek, shikastlangan (kalta) tolalar qoladi. Bu massadagi ayrim 
tolalar chigallashgan, bir-biriga yopishib qolgan yoki ularga iflos aralashmalar 
ilashgan bo'ladi. Shuning uchun paxtani yigirishdagi barcha operatsiyalardan 
maqsad tolalarni tozalash, tolalarni titish va aralashtirishdan, so'ngra ularni 


49 
parallellash maqsadida tarashdan, so'nggi bosqichda parallel joylashgan tolalardan 
pilta ishlab chiqarish va berilgan xossali yigirilgan ip olish uchun tekislash hamda 
ingichkalashgan mahsulot (xolst, piita va pilik) hosil qilishdan iborat. 
Ishlov berishning birinchi bosqichida paxta titiladi, aralashtiriladi va 
tozalanadi. Buning uchun toylardan olinadigan paxta massasi titish agregatlarining 
ta'minlash panjaralari orqali ish organlariga yuboriladi. Bu yerda paxtaga ignalar 
yoki qoziqlar ta'sir qilib uni titadi va yirik, oson ajraladigan aralashmalarni ajratadi. 
Iflos aralashmalar kolosnikli panjaralar orqali quyi kameralariga tushadi, titilgan 
paxta massasi esa pnevmatik yoki mexanik ta'minlagichlar yordamida titish-savash 
agregatining navbatdagi seksiyalariga uzatiladi. Titish-savash agregatidan paxta 
xolst ko'rinishida- rulon ko'rinishidagi qalin paxta qatlami tarzida chiqadi. Xolst 
ma'lum qalinlikda bo'lishi kerak. Xolstda paxta tolalari tartibsiz ravishda bo’lak-
bo'lak joylashadi va bundan tashqari, paxtada ma'lum miqdorda mayda, qiyin 
ajraladigan iflos aralashmalar bo'ladi. 
Tarash mashinasida o'tadigan navbatdagi operatsiya tarash deb ataladi. 
Mashinaga paxta xolst yoki titilgan massa tarzida berilad (xolstsiz ta'minlash). 
Tarash mashinasida tolalar massasiga oldin arrali lenta va valiklar tishlari, so’ngra 
mashina ish organlar garniturasining ingichka ignalari ta'sir etadi. Buning natijasida 
paxta bo’laklari ayrim tolalarga taraladi va ayni vaqtda yopishqoq aralashmalar 
hamda kalta tolalardan tozalanadi. Taralgandan so'ng qisman parallellashgan 
ingichka tolalardan diametri 1-3 
sm 
li uzun bo'sh yumaloq yarim fabrikat-pilta hosil 
bo'ladi. Piltadagi tolalar taralgan, deyarli bir-biri bilan bog'lanmagan va 
to’grilanmagan bo'ladi. 
Tolalarni to'grilash va piltani
 
tekislash uchun bir necha pilta qo'shiladi, 
so'ngra dastlabki piltalar yo'g’onligiga kelguncha ingichkalashtlriladi. Qo'shish 
natijasida piltalar tekislanadi, chunki bir piltaning yo’g’on joylari ikkinchi piltaning 
ingichka joylarini to’ldiradi. Piltalashda ingichkalashtirilganda tolalar tekislanadi va 
pilta o'qiga nisbatan yo'naladi. Piltani ingichkalashtirish uchun bir-biriga qisilgan 
silindrlar jufti (cho'zish juftlari) orasidan o'tkaziladi va old juftning tezligi 
keyingisinikidan pasaytiriladi. 
Navbatdagi operatsiya (o'tim) piltani yigirilgan ip tayyorlash uchun yaroqli 
o'lchamgacha ingichkalashtirishdan iborat. Bu operatsiya pilik mashinasida 
bajariladi. Uni cho'zish asbobi yordamida pilta ingichkalashtiriladi. Bu o'timda 
olingan mahsulot pilik deb ataladi. U ingichka pilta bo’lib, minimal pishiqlik berish 
uchun u biroz pishitiladi. 
Yigirilgan ip tayyorlashdagi oxirgi yakunlovchi operatsiya yigiruv 
mashinalarida bajariladi. Bu yerda pilik yigirilgan ip yo'g'onligiga kelguncha 
cho'ziladi. Yigirish jarayoni urchuq va yugurdakli halqali yigiruv mashinalarida 
yoki urchuqsiz pnevmomexanik mashinalarda bajariladi. 
Yigiruv fabrikasida tolani qayta ishlashning bayon qilingan tizimi karda 
(oddiy) tizimi deb ataladi. Yigirilgan ipning ko'p qismi shu tizimda ishlab 
chiqariladi. Bundan tashqari, qayta tarash, apparat va melanj tizimlari ham mavjud. 
Karda va qayta tarash tizimlarida yigirishning ikki usuli: halqali va 
pnevmomexanik usullari bo’ladi. 
Hozirgi vaqtda apparat tizimi o'rniga karda tizimi qo’llanilmoqda. Unda 
rotorli pnevmomexanik yoki aerodinamik yigirish mashinalaridan foydalaniladi. 


50 
Melanj tizimi umuman karda tizimini takrorlaydi, lekin unda paxtani bo'yash 
bilan bogiiq bo’lgan qo’shimcha o'timlar bo'ladi. Qayta tarash tizimida chiziqli 
zichligi kichik yoki o'rtacha, lekin ancha pishiq yigirilgan ip ishlab chiqariladi. 
Bunday ip ingichka tolali paxtadan ishlab chiqariladi. Karda tizimiga qaraganda 
qayta tarash tizimida olingan ip ancha pishiq, tekis, silliq va toza bo'ladi. Bunday ip 
olish uchun jarayonga taroq bilan tarash operatsiyasi ham kiritiladi. Bu operatsiyada 
tolalar taroq bilan taraladi, natijada pilta qisqa tolalar (tarandilar) dan tozalanadi. 
Qayta tarash mashinalaridan chiqayotgan pilta uzun, yaxshi to'g'rilangan tolalardan 
iborat bo'ladi, shuning uchun yuqori sifatli yigirilgan ip olinadi. Qayta tarash 
jarayonida uzun tolalar isrof bo'imasligi va shikastlanmasligi uchun tolalar 
yetarlicha to'g'rilangan, mashinaga tushayotgan mahsulot esa bir tekis bo'lishi 
lozim. Shuning uchun ham karda tizimidagi qayta tarash mashinalaridan 
chiqayotgan pilta qo’shimcha ikkita tayyorlash operatsiyasidan o'tkaziladi: 16-20 ta 
pilta xolst qilib qo'shiladi va xolstlar cho'ziladi (i'ngichkalashtiriladi). 
Apparat tizimida uncha pishiq bo'lmagan g'ovak mayin yigirilgan ip ishlab 
chiqariladi. Bunday yigirilgan ip sifatiga yuqori talablar qo’yilmaydi. Xomashyo 
sifatida har xil uzunlikdagi tolalar, ko'p miqdorda chiqindilar (kuyindilar), 
shuningdek, har xil tolalar aralashmalari ishlatiladi. Har xil tolalar aralashmalarini 
titish va savash operatsiyalari alohida bajariladi, keyin tolalar aralashtirilib, ayni 
vaqtda moylanadi. Apparat tizimining o'ziga xos xususiyati shundaki, tarashdan 
keyin mahsulotni ingichkalashtirish, cho'zish emas, balki paxtani tarab ayrim 
piltalarga ajratish va piltalarni bo'shgina o'rab, ulardan piliklar hosil qilish yo'li 
bilan bajariladi. Bu tizimda tarash operatsiyasi 2-3 karda tarash o'timini va pilik 
karetkasini o'z ichiga oladigan tarash apparatlarida bajariladi. Olingan pilik yigiruv 
mashinasiga uzatiladi, shuning uchun ipning tarkibi g'ovak chiqadi. 
Har xil yoki bir rangda bo'lgan paxtalar aralashmasidan iborat yigirilgan ip 
melanj tizimida olinadi. Bu tizimda titilgan tolalar apparatlarda bo'yaladi, quritiladi 
va yana titish mashinalariga uzatiladi. Shundan so'ng tolalar aralashtiriladi, savaladi 
va yuqorida bayon qilingan yigirish tizimlaridan biridagi barcha operatsiyalardan 
o'tkaziladi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish