Kirish-chiqish modeliga asoslangan monitoring
. Ta’limning
ayrim
bosqichlari, masalan, boshlang’ich ta’lim, o’rta sinflar, yuqori sinflar yoki
umuman maktab ta’limi(1-9-sinflar) bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishining DTS
larga muvofiqligi darajasi monitoringi o’tkaziladi.
Bunda o’quvchining maktabga birinchi bor kelgandagi holatidan ma’lum
ta’lim bosqichini yoki umuman maktabni bitirgunicha DTS me’yorlarini
o’zlashtirishi darajasini aniqlanadi.
Test topshiriqlari va ularning asosiy shakllari
―Test‖ atamasi birinchi
marta amerikalik psiholog J. Kettel tomonidan 1890 yilda kiritilgan. ―Test‖
atamasi inglizcha ―test‖ so’zidan olingan bo’lib, tekshirish, nazorat, sinov
ma’nolarini bildiradi. Pedagogikada ―test‖ atamasi o’ziga xos shaklga va
mazmunga, turli qiyinlik darajasiga ega bo’lgan, o’quvchilar o’zlashtirishi
darajasini holisona baholash imkoniyatini beradigan topshiriqlar tizimidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |