Agar bit ko‘rinishidagi ma’lumotlar guruhi ketma-ketligini takt impulslari
komandasiga ko‘ra siljitish registrlari
kirishlariga berilsa, u holda registrni bir-
nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi
ma’lumotlarni undan chiqarib yuborish mumkin. Parallel yoki ketma-ket ravishda
ma’lumot kiritish mumkin bo‘lgan siljitish registrlari mavjud. Demak,
xuddi
shunday parallel yoki ketma-ket ravishda ma’lumotni chiqarish ham mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, universal registrlar ham mavjud bo‘lib, ular
ma’lumotlarni chapga va o‘nga siljitadilar. To‘g‘ri va teskari kod tartibida ma’lumot
chiqaruvchi registrlar ham mavjud. To‘g‘ri kodda ma’lumot chiqaruvchi registrlar
turli vaqt masshtabida ishlaydigan yozuv qurilmalarni muvofiqlashtirishda
qo‘llaniladi. Masalan, diskka ma’lumot yozish qurilmasi bilan printerni
muvofiqlashtirish uchun qo‘llash mumkin. Bu vaqtda registrga ma’lumotni ancha
katta
tezlikda kiritish, printerdan esa ma’lumotni ancha past tezlikda olish mumkin.
Teskari kodda ma’lumot chiqaruvchi registr - mikroprotsessor XQlarida ishlatilishi
mumkin.
Parallel registr ma’lumotlar ustidan quyidagi mikroamallarni bajarishga
mo‘ljallangan: parallel shaklda kirishdagi ma’lumotlarni yozish, saqlash va uzatish.
Sodda ikki razryadli parallel registr funktsional sxemasi 13.1-rasmda keltirilgan.
1.
Ketma-ketli registr kirishdagi ma’lumotlarni ketma-ket tartibda yozish,
saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumot yozishdan avval registr dastlabki
holatga (0) o‘rnatiladi. JK-triggerlar asosidagi to‘rt razryadli
ketma-ketli siljitish
registri funktsional sxemasi 13.2-rasmda keltirilgan. Registr tarkibiga kiruvchi
razryadli triggerlar o‘zaro ulanganligi sababli, bunday registr yuqorida aytib o‘tilgan
mikroamallardan tashqari saqlanayotgan ma’lumotni o‘nga siljitish amalini ham
bajaradi.
2.
Siljituvchi registrlarda faqat ikki pog‘onali
yoki dinamik boshqaruvli
triggerlar qo‘llaniladi. Bu esa sinxrosingnal berilishi bilan ma’lumotni faqat bitta
razryadga siljitishni kafolatlaydi. Ko‘p hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda
ma’lumotni chapga surish talab etiladi. Ma’lumotlarni ikkala yo‘nalishda siljitish
imkoniga ega bo‘lgan ketma-ketli registrlar
reversiv registrlar
deb ataladi. Universal
registr K555IR11 tsokolevkasi 13.3-rasmda keltirilgan.
Xulosa:
Men ushbu laboratoriyani bajarish davomida ketma-ket va parallel
triggerlarni tadqiq etishni va ularni amaliyotda qo’llashga harakat qildim.
Do'stlaringiz bilan baham: