3. Ma'no kеngayishi
Bunda leksema sememasi tarkibiga kiruvchi semalar miqdori ko`payadi va
shuning hisobiga uning ma‟nosi kеngayadi. Masalan:
suv
leksemasi sememasi
oldin quyidagi semalarga ega bo`lgan: 1) vodorod va
kislorodning birikmasidan
iborat bo`lgan suyuqlik; 2)
shaffof suyuqlik; 3) rangsiz suyuqlik; 4)
hidsiz
suyuqlik. Keyinchalik bu leksema sememasi quyidagi semalar hisobiga kengaydi:
5) ho`l meva hamda sabzavotlar tarkibidagi suyuqlik:
anor suvi
; 6) tirik organizm
a‟zolaridan
ajralib chiqadigan suyuqlik, shira:
oshqozon suvi
; 7) umuman turli
narsalar tarkibidagi namlik:
suvi qochgan non
. Bu ma'nolar ko‟chma ma'nolar
emas, balki bir ma'noning turli qirralaridir.
Atoqli otlarning turdosh otlarga o‟tishi ham ma'no kеngayishiga misol bo‟la
oladi:
Makintosh
– ism,
makintosh
– kiyim turi;
Xosiyatxon
–
ayollar ismi,
xosiyatxon
– atlas turi,
Volt
– mashhur fizik olimning familiyasi,
volt
– elеktr toki
kuchlanishi birligi.