lug„aviy
birlik
sifatida o„rganiladi. So„z muayyan tilning lug„at tarkibiga mansub
bo„lganligi uchun leksikologiya mazkur tilning lug„at tarkibini tizim sifatida
tekshiradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni
inson
so„zi misolida isbotlashga harakat qilamiz:
Morfologik
nuqtai nazardan bu so„z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot
turkumiga tegishli; 2) turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4)
birlikda.
So„z yasalish
nuqtai nazaridan bu so„z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub
so„z; 2) sifat yasalishi uchun asos bo„la oladi:
insoniy, insonparvar;
Uslubiyat
nuqtai nazaridan bu so„z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) kitobiy
uslubda qo„llanadi; 2) hissiy-ta‟siriy bo„yoqqa ega.
Leksikologiya
nuqtai nazaridan bu so„z quyidagi xususiyatlarga ega: 1)
lug„aviy manoga ega; ongli mavjudot; 2) bu so„z
odam, kishi, bashar
so„zlariga
ma‟nodosh hisoblanadi; 3) o„zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan; 4) nisbatan faol
so„z hisoblanadi;
Demak, tilnshunosliking har bir bo„limida so„zning turli qirralari tadqiq
qilinar ekan.
Ilmiy adabiyotlarda leksikologiya bir qancha turlarga bo„linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |