7.6. Ko„chmas mulk ekspertizasi va qiymatini baholash hisobotlari
bazasini shakllantirish
«Ekspertiza» deganda mukammal tekshiruv, tadqiqot, puxta
izlanish tushunilib, u obyektning xususiyati, kamchiligi, nuqsonlari,
ustunliklari va hislatlari, shuningdek, ularning kamchiliklarini bartaraf
etish yo‗llari, xususiyatlarini yanada yaxshilash, mulkdorlarni qiziqtirish
yo‗llarini ishlab chiqish va bular asosida professional natijalarni
rasmiylashtirish kiradi.
Ekspertizaning vazifasi, yuqorida aytib o‗tilganidek, sotuvchi va
xaridor o‗rtasidagi axborotni mukammal darajada bo‗lishini hamda
ko‗chmas mulkni baholash jarayonining axboroti mukammalligini
ta‘minlanishidan iborat.
Ko‗chmas mulk obyektlari bo‗yicha ekspert (baholovchi)
tomonidan quyidagi turdagi ekspertizalar o‗tkazilishi mumkin:
huquqiy ekspertiza;
texnik ekspertiza;
189
joylashuv ekspertizasi;
iqtisodiy ekspertiza;
ekologik ekspertiza.
Do'stlaringiz bilan baham: |