187
―Klaster - bu muayyan xossalarga ega bo‗lgan
alohida mustaqil
hisoblangan bir jinsli elementlarning yagona tizimga birlashishidir‖.
Klasterli tahlil ko‗pgina fanlarda masalan, matematika, geografiya,
fizika, ximiya,
iqtisodiyot, sotsiologiya, astronomiya, statistika,
informatika kabi fanlarda muntazam qo‗llanilib kelinadi. Ko‗chmas
mulk klasterida mulkchilikning tarkibiy bo‗g‗inlarini
turlari sifatida
qarash o‗rinlidir. Ko‗chmas mulk klasterining istalgan holatida ham
baholovchi tashkilotlar qo‗shimcha qiymat zanjiri ko‗rinishida umumiy
qiymatning shakllanishida ishtirok etadi.
Raqobatda
ustunlikka
intilish
davomida
ishtirokchilarning
qiymatni jamg‗arish tizimidagi barcha qo‗shimcha qiymat zanjiri klaster
ta‘sirida optimallashib boradi. Ko‗smas mulk klasterining muhim
alomati
kooperatsiya
va
raqobatning
uyg‗unligidir.
Baholash
tashkilotlarining ko‗chmas mulk klasteriga birikishi ularga katta
manfaat keltiradi. Raqobat munosabatlari uning tarkibiga kiruvchi
firmalar va shuningdek, boshqa tashqi klasterlar
firmalariga nisbatan
shakllanadi. Har bir klaster o‗ziga xos iqtisodiy muhit ta‘sirida bo‗ladi
va uning raqobatbardoshligi turli darajada shakllanadi. Bugungi kunda
ko‗chmas mulk klasterni qo‗llash sifatida baholash yondashuvlari asosiy
o‗rin tutadi.
Ko‗chmas mulk qiymati va narxi axborotlar bazasi iqtisodiy
sistemologiya qoidalari nuqtayi nazaridan mulk,
jumladan mulkiy
huquqlar, bir vaqtning o‗zida mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori
va mulk bozori obyekti bo‗lgani bilan, bu bozorlar tuzilmaviy,
mazmunan va mexanizmik farqlanadi. Shu bilan birga, O‗zbekistonda
mulkning bozor qiymati va narxini alohida olganda har biri o‗zida omil
ta‘sirini o‗zgacha namoyon qilishiga qaramasdan ularning bir-biriga
bevosita bog‗liq holda o‗zaro transformatsiyalanishi ular o‗rtasidagi
ekvivalentlik xususiyati mavjudligidan dalolat beradi. Lekin,
bunga
qaramasdan, mulk qiymati va narxining o‗zaro ekvivalentlilik darajasini
ta‘minlash muammosi mulkning barcha turlari bo‗yicha hanuzgacha
mavjud.
Yuqorida aytilganlar asosida aytish mumkinki, mulk qiymatining
Mulk qiymatini baholash xizmatlar
bozoridagi bahosi va Mulk
188
bozoridagi narxi orasidagi ekvivalentlilikni ta‘minlash ushbu bozorlarni
davlat tomonidan kompleks muvofiqlashtirish va nazorat qilinishini
talab qiladi. Bunday talab umuman olganda har qanday turdagi mulkni
qiymati va narxlarini axborot bazasini yuritish tizimini takomillashtirish
va tatbiq qilish imkoniyatini beradi.
Ko‗chmas mulk qiymatini va narxini aniqlash jarayonida
avvalambor axborot ta‘minotining uzviyligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mulk bozorida ko‗chmas mulk qiymati va narxi to‗g‗risida
axborotlar
bazasini yuritilishi undagi qiymat va narxlar yordamida mulkni tovar,
kapital va munosabatlar vositasi sifatidagi bozor muomalasini amalga
oshirish funksiyasini bajaradi.
Mulk qiymati va narxi mos ravishda mulk bozori va mulk qiymati
baholash xizmatlari bozori obyekti hisoblanadi. Mulk narxi uning
qiymati emasligi uchun bu bozorlar mazmunan
va shaklan farqlansada,
lekin ular bir-biri bilan uzviy bog‗lanadi, natijada ular yordamida mulk
qiymati uning narxiga va aksincha yo‗nalishida transformatsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: