7
-bob. KO„CHMAS MULK QIYMATINI BAHOLASHNING
AXBOROT VA HISOBOTLAR TIZIMI
7.1. Ko„chmas mulk qiymatini baholash jarayonida baholovchi
tashkilotning axborot va moliyaviy hisobotlari tizimi
O‗zbekiston Respublikasida baholash xizmatlari sohasiga oid zarur
huquqiy baza shakllantirilgan va ularning faol rivojlanishi uchun
iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. O‗zbekiston Respublikasida baholash
faoliyati oxirgi yillarda sezilarli darajada aniq va ahamiyatli natijalarga
erishdi. Shu bilan birga, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar o‗zgarishsiz
bo‗lmaydi, baholash faoliyati, mutaxassislik faoliyatining turi sifatida
olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning joriy talablariga javob berishi
lozim. Milliy amaliyotimizning joriy va bo‗lgʻusi holati tahlili
ko‗rsatishicha, yaqin yillarda baholash faoliyatining sifati yanada ortishi
bilan tavsiflanishi kerak. Bu jarayonlar, ayniqsa, xususiylashtirish
sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini tartibga solish
uchun xizmat qiladigan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud va ular
amaliyotda uzoq yillardan beri qo‗llanib kelinmoqda.
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
- shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmuyi, shu
jumladan muayyan turdagi (ko‗char yoki ko‗chmas) mol-mulk;
- mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‗lgan
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
- talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);
- xizmatlar, axborot, intellektual mulk obyektlari va qonun
hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo‗lishi mumkinligi belgilangan
boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.
Baholash obyektini baholashdan o‗tkazish uchun o‗ziga xos
asoslar mavjud. Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‗rtasida
tuziladigan shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
sud ajrimi baholash obyektini baholashdan o‗tkazish uchun asoslardir.
177
Baholash obyektini baholash to‗g‗risidagi shartnomaga oid majburiy
talablarga ham e‘tibor qaratish lozim. Baholovchi tashkilot va
buyurtmachi o‗rtasidagi shartnoma yozma shaklda qonun hujjatlariga
muvofiq tuziladi. Shartnomada quyidagilar ko‗rsatilishi kerak va ushbu
ma‘lumotlar baholovchi uchun baholash jarayonida qo‗shimcha axborot
manbayi bo‗lib xizmat qiladi:
baholash obyektining nomi;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholash obyektini baholashdan o‗tkazish muddati;
baholash obyektini baholashdan o‗tkazgani uchun pul mukofoti
miqdori.
10-sonli Mulkni baholash milliy standartida ko‗chmas mulk
qiymatini baholashda axborotlar manbayi sifatida quyidagilar belgilab
qo‗yilgan:
•
buyurtmachi yoki o‗zga vakolatli shaxs tomonidan taqdim
etiladigan boshlang‗ich axborot;
•
baholovchi baholash obyektini ko‗zdan kechirish jarayonida
hamda baholash obyekti mulkdori va (yoki) undan foydalanuvchilar
bilan suhbatlashish natijalariga ko‗ra olgan axborot;
•
uchinchi shaxslar va tashkilotlardan olingan, shuningdek,
ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‗ida e‘lon qilingan
axborot.
Boshlang‗ich axborot quyidagilarni o‗z ichiga olishi lozim:
•
ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni va u bilan tuzilgan
bitimlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish to‗g‗risidagi guvohnomani;
•
yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni;
•
hokimiyat organlarining yer uchastkasini berish (ajratish)
to‗g‗risidagi qarorini;
•
binolar va inshootlarga doir kadastr hujjatlarini;
•
baholash obyektiga boshqa shaxslarning huquqlarini yuklashlar
(baholash obyektiga bo‗lgan huquqlarga nisbatan cheklashlar)
mavjudligi haqidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan hujjatlarni;
•
baholanayotgan
yaxshilashlarning
hajmiy-rejalashtirish
va
178
konstruktiv tavsiflariga doir axborotni o‗z ichiga olgan hujjatlarni;
•
baholash obyektidan mavjud foydalanishga doir axborotni;
•
ko‗chmas mulk obyektining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi
haqidagi ma‘lumotlarni;
•
baholash obyekti va uning qismlarini rivojlanish rejalari (yangi
qurilish, rekonstruksiya, ta‘mirlash) haqidagi ma‘lumotlarni;
•
yuridik shaxslarga qarashli bo‗lgan obyektlarga nisbatan
baholash obyektining so‗nggi hisobot sanasidagi balans (qoldiq va
boshlang‗ich) qiymati to‗g‗risidagi ma‘lumotnomani;
•
retrospektiv va prognoz moliyaviy axboroti, shu jumladan
obyektdan tijorat maqsadida foydalanishning asosiy ko‗rsatkichlari
(xarajatlar moddalari bo‗yicha yillik foydalanish xarajatlari, daromadlar
manbalari bo‗yicha obyektdan foydalanishdan olingan daromadlar)ni.
Taqdim etilayotgan boshlang‗ich axborot baholash obyekti
mulkdorining (agar baholash obyekti yuridik shaxsga qarashli bo‗lsa)
imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga
qarab, baholovchi boshlang‗ich axborot ro‗yxatini kengaytirishi yoki
baholashni amalga oshirish jarayonida kerakli axborotni talab qilib olishi
mumkin.
Baholash obyektini ko‗zdan kechirish chog‗ida baholovchi
yaxshilashlarning tavsiflari va amaldagi holati haqida ma‘lumotlar
yig‗ish maqsadida obyektni tekshirishni amalga oshiradi.
Baholovchi quyidagilarni tavsiflovchi bozorga oid axborotni
qo‗shimcha ravishda yig‗ishi va tahlil qilishi lozim:
•
baholash obyektining qiymatiga ta‘sir etuvchi makroiqtisodiy
(huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa) omillarni aniqlash
uchun baholash obyekti joylashgan mamlakat va mintaqadagi ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatni;
•
baholash obyekti joylashgan mintaqadagi ko‗chmas mulk
bozorini va uning baholash obyekti mansub bo‗lgan segmentini;
•
baholash obyekti joylashgan yerni (obyektning yaqin atrofidagi
muhitning joriy tavsifi, obyekt atrofidagi hududni rivojlantirish rejalari).
179
Baholash obyektini baholashdan o‗tkazish natijalari baholash
to‗g‗risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash to‗g‗risidagi
hisobotda quyidagilar ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak:
baholash to‗g‗risidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib
(ro‗yxatdan o‗tkazilganlik) raqami;
baholash obyektini baholashdan o‗tkazish uchun asos;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili)
va unga berilgan, baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi
litsenziya to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
baholash obyektini baholashdan o‗tkazgan baholovchining
(baholovchilarning) malaka sertifikati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
baholash obyektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga
aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek,
baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari;
baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash
obyektini baholashdan o‗tkazishda foydalanilgan ma‘lumotlarning
mazkur ma‘lumotlar olingan manbalar ko‗rsatilgan holdagi ro‗yxati;
baholash obyektini baholashdan o‗tkazish izchilligi, shuningdek,
olingan natijani qo‗llanish chegaralari;
baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;
baholovchi
tashkilot
foydalanadigan
hamda
baholash
obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar
ro‗yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |