Geografik tarqalishi.
Uzoq Sharqda hamda Janubiy Saxalinda o’sadi.
Eleuterokokk Shimoli-sharqiy Xitoyda, Shimoliy Koreyada va Yaponiyada
uchraydi.
Mahsulot tayyorlash.
Mahsulot kuzda, oktabrning ikkinchi yarmidan
boshlab kovlab olinadi, tuproqdan tozalab, suv bilan yuvib, ochiq havoda
biroz selgitiladi. Keyin ildizni va ildizpoyani qurib qolgan, zararlangan (qazib
olinayotganda va hasharotlar bilan) va yerustki qismlarini kesib tashlab,
o’zini maydalab, cherdaklarda yoki quritgichda 70-80°C da quritiladi.
Tabiiy sharoitda o’simlikni saqlab qolish maqsadida har bir tupni
kamida 20% ildizini hamda 100 m maydonda 4-5 ta yaxshi taraqqiy etgan
butani qoldirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |