Erkak paporotnik ildizpoyasi - rhizomata filicis maris
Erkak paporotnik (qirqquloq) - Dryopteris filix mas (L.) Schott.
(Aspidium filix mas Sw.); qirqquloqdoshlar - Aspidiaceae (Polypodiaceae)
oilasiga kiradi.
Ko’p yillik, yuqori sporali o’t o’simlik. Ildizpoyasi qisqa, yo’g’on,
qoramtir-qo’ng’ir tangacha barglar bilan
qoplangan, mayda ildizli, yuqoriga tomon
ko’tariluvchi, yer ostida qiyshiq yoki gorizontal
joylashgan. Yerustki poyasi bo’lmaydi. Bargi
qo’shpatsimon ajralgan. Bargining umumiy ko’rinishi cho’ziq ellipssimon,
o’tkir uchli, uzunligi 1 m va undan oshiq. Bargbandi plastinkaga nisbatan
qisqa bo’lib, sarg’ish-qo’ng’ir tangacha bargchalar bilan qoplangan.
Birinchi tartibdagi barg bo’laklari (segmentlari) lansetsimon yoki ingichka
lansetsimon, o’tkir uchli, qisqa bandi bilan bargning umumiy bandiga ketma-
ket joylashgan. Ikkinchi tartibdagi barg bo’laklari (segmentlari) yumaloq
tuxumsimon yoki uzunchoq tuxumsimon shaklli, to’mtoq tishsimon qirrali
bo’ladi. Barglar kuzda xazon bo’lib tushib ketadi, bargban yo’g’onlashgan
asos qismi esa ildizpoya ustida saqlanib qoladi. Shuning uchun ildizpoyasi
tobora yo’g’onlashib boradi. Yangi barglar tuproq ostida yetishadi. Ular
tangacha va jigarrang pardalar bilan qoplangan bo’lib, 3-yildan so’ng yer
72
ustiga chiqadi. Barglari poyaga o’xshash uchi bilan o’sadi. Yoz oxirida
ikkinchi tartibdagi barg bo’laklarining orqa (pastki) tomonida o’rtadagi
tomirlari bo’ylab ikki qator joylashgan yumaloq bo’rtmalar (soruslar) paydo
bo’ladi. Soruslar buyraksimon parda bilan qoplangan, uning ichida uzun
bandli tuxumsimon bir qancha sporangiyalar o’rnashgan. Sporangiyalar
ichida esa qo’ng’irrangli sporalar yetishadi. Sporangiya yorilgach, yetilgan
sporalar shamolda uchib ketadi. Nam yerga tushgan spora unib, diametri 0,5-1
sm bo’lgan yuraksimon yashil o’simta - plastinkaga aylanadi. Bu plastinka
erkak paporotnikning jinsli nasli (gametofit) hisoblanadi. O’simtada otalik
jinsiy organi - anteridiya va onalik jinsiy organi - arxegoniya taraqqiy etadi.
Arxegoniyaning tuxum hujayralari urchigandan so’ng undan sporalar
yetishtiruvchi jinssiz nasli - sporofit, ya’ni erkak paporotnik hosil bo’ladi.
Erkak paporotnik bilan bir qatorda, tashqi ko’rinishi, ayniqsa,
barglarining to’p bo’lib chiqishi jihatidan erkak paporotnikka juda o’xshash
bo’lgan Avstriya paporotnigi (Dryopteris austriaca (Jacq.) Woy), qattiq qilli
paporotnik (Dryopteris spinulosa (Mull.) O.Kuntze) va urg’ochi
paporotnik (Athyrium filix-femina (L.) Roth.) lar ham uchraydi. Bu
o’simliklar erkak paporotnikdan quyidagi belgilari bilan farq qiladi.
Avstriya paporotnigi bargining umumiy ko’rinishi uchburchak shaklida
bo’lib, barglari uch marta patsimon qirqilgan.
Qattiq qilli paporotnikning bo’yi pastroq, bargining umumiy shakli
uchburchaksimon, ikkinchi tartibdagi barg bo’laklari patsimon ajralgan,
qirrasining chetidagi tishchalari yumshoq, tikanga o’xshab cho’zilgan,
soruslar esa barg o’rtasidagi markaziy tomirdan uzoqroq joylashgan.
73
Urg’ochi paporotnikning barglari ancha nozik, barg plastinkasi ikki-uch
marta patsimon qirqilgan, barg bo’laklari mayda, soruslari esa cho’ziqroq
bo’ladi.
Bu o’simliklardan ikkitasi: Avstriya va qattiq qilli paporotnik-larning
ildizpoyasi gijjaga qarshi kuchli ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Ularni tibbiyotda
erkak paporotnik bilan bir qatorda ishlatish tavsiya etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |