1. Toshkent vohasining joylashgan o’rni, iqlimi va tabiati. Toshkent vohasining insonlar tomonidan o’zlashtirilishi va ularning mashg’ulotlari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana31.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#420337
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu ma'ruzasi Tosh.vil.tarixi

Qo‘shilish manzilgohi: - 
arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Mezolit davri 
(mil.av. 12-ming yillik)ga oid ibtidoiy odamlar manzilgohi. Bo‟zsuv kanalining 
chap sohili, Qo‟shilish mavzesida joylashgan. Arxeolog V.A.Zaxarevich topgan 
(1966 y.). 1967 yilda I.Islomov tomonidan tekshirilgan. Qo„shilish manzilgohidan 
toshdan ishlangan mehnat qurollari, ibtidoiy odamlar iste‟mol qilgan 
hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan va o„rganilgan. Hamma mehnat qurollari 
(qirg„ichlar, iskana, o„roq, randa, pichoqsimon qurollar va b.) mayda tosh 
parchalari, qisman plastinkalardan tayyorlangan. Ixcham uchburchak mehnat 
qurollari ham uchraydi. Qo„shilishni o„rganish so„nggi paleolit davridan boshlab 
Toshkent hududida uzluksiz odam ashaganligidan dalolat beradi. 
Yurtimizdagi mezolit davriga oid yana bir qiziqarli yodgorlik Toshkent 
atrofidagi Bo„zsuv vodiysida va shu nomli daryoning chap qirg„og„ida joylashgan 
Qo„shilish makonidir. Yodgorlik 1966 yil geologlar tomonidan ochilib, 1967 yilda 
I.Islomov tomonidan o„rganilgan. Qazish ishlari natijasida lessimon loy yotqiziqda 
qisman saqlangan madaniy qatlam mavjudligi aniqlangan. Qatlamdan 200 ta 
chaqmoqtoshdan ishlangan tosh buyumlar, bir nechta hayvon suyaklari qoldiqlari 
topilgan va bu suyaklar orasida R.K.Qambariddinovning aniqlashicha, xonaki 


ho„kizga tegishlilari mavjud bo„lgan. Tosh buyumlar orasida plastinalardan 
ishlangan uchburchak qurollar, uchirindilardan yasalgan pakki-pichoqsimon qirrali 
o„tkir tig„li qurollar, ko„plab qirg„ichchalar, tosh randalar, sanchqilar va turli xil 
nukleuslar uchraydi. I.Islomovning fikricha, Qo„shilish makoni yodgorlik 
qatlamlarining geologik tasnifi jihatidan O„rta Osiyo shuningdek Shanidar, 
Palegavra, Gari Kamarband va boshqa O„rta Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi boshqa 
mashhur 34 yodgorliklar bilan taqqoslash asosida ilk mezolit davri bilan 
sanalanishi mumkin.
Bu yodgorlikning sanasi mil.avv. X-IX ming yilliklar bilan belgilangan. 
Biroq, G.F.Korobkovaning ta‟kidlashicha, I.Islomov tomonidan keltirilgan 
Qo„shilish yodgorligining sanasi biroz qadimiylashtirib yuborilgan. Bu 
birinchidan, I.Islomov o„zi ta‟kidlaganidek, madaniy qatlamning ustida yotgan uch 
metrlik lyoss, agar ushbu hududda lyos hosil bo„lishi tezligini hisobga olsak, 
yodgorlikning qadimiyligini belgilashi shart emas. Ikkinchidan, Qo„shilishning 
industriyasida so„nggi mezolit davri xarakteriga ega bo„lgan buyumlar ko„p 
uchraydi: mitti uchburchak qurollar, plastinalarning uchida ishlangan yon 
qirralarida 
retushsiz 
qirg„ichchalar. Uchirindilardan ishlangan yumaloq 
qirg„ichchalarning ko„pligi, o„yib-kertib ishlangan qurollarning, kesgichlarning, 
uchlari yo„nilgan qurollarning hamda yupqa va qalamsimon nukleuslarning 
yo„qligi so„nggi mezolitga xos belgilardir. Uchinchidan, Qo„shilish industriyasi 
uchirindilardan ishlangan ko„plab yumaloq qirg„ichchalarga, pakki-pichoqsimon 
o„tkir tig„li qurollar va ayrim mitti geometrik mikrolitlarga ega bo„lgan Markaziy 
Farg„ona so„nggi mezoliti bilan davriy taqqoslanishi mumkin. Yodgorlikni 
Shanidar, Palegavra va Gari Kamarband bilan taqqoslash esa hech qanday asosga 
ega emas. To„rtinchidan, Qo„shilishning qatlamidan topilgan xonaki ho„kizning 
suyak qoldiqlari O„rta Osiyoda ancha keyingi davrlarda uchraydigan hodisadir. 
Yuqorida ta‟kidlangan dalillar Qo„shilishni so„nggi mezolit bilan sanalashga asos 
bo„la oladi. Yodgorlikning genezisi masalasi ham munozaralidir. Masalaning 
murakkabligiga qaramasdan, I.Islomov uning ildizlarini mahalliy levallua muste 
hamda so„nggi paleolit madaniyatlarida, deb hisoblaydi va uni Toshkent variantiga 
kiritadi. Hozirda Qo„shilish makoni materiallarini ular juda kam sonli bo„lganligi 
sababli O„rta Osiyoning boshqa yodgorliklari bilan taqqoslashning imkoni yo„q va 
uning genezisi masalasini ko„tarib chiqishga asos yo„q, deb hisoblaymiz. 
3. Markaziy Osiyo ko‟hna sa‟natning muhim qismi joylashgan mintaqa 
hisoblanadi. G‟arbiy Tyanshanda qadimiy surat va qoyatosh yozuvlari eng ko‟p 
tarqalgan tarixiy obidalardir.
Bugungacha topilgan qoyatoshlarga bitilgan surat va yozuv namunalarining 
umumiy soni o‟n mingdan oshib ketgan. Bu bebaho moddiy boyliklar nafaqat son 
jihatidan, balki xronologik qamrovi, mavzuning rang–barangligi, har bir tasvirning 


o‟zigaa xosligi, badiiy darajasi va mahobati bilan ajralib turadi. Toshkent 
atrofidagi ayrim qoyatosh suratlari Markaziy Osiyoning ko‟pgina hududlarida 
topilgan petrogliflar orasida ko‟rinishi va tasvirlarning o‟ziga zosligi bilan ajralib 
turadi va betakror hisoblanadi. Olimlar bu hududdan ham umumiy va o‟ziga xos 
jihatlarga ega qadimiy qoyatosh suratlarining boy manbalaarini aniqlaashgan. 
Bular jumlasiga Xo‟jakent, Qoraqiyasoy, Boshqizilsoy, Chotqol, Parokandasoy, 
Ohangaron va boshqa hududlardan topilgan petrogliflar shular jumlasiga kiradi.
Toshkent vohasidan, G‟arbiy Tyanshnadan topilgan qadimiy qoyatosh yozuv 
va suratlar XX asrning 50-yillari boshida Chirchiq daryosining yuqori oqimida olib 
borilgan arxeologik ishlanishlar paytida topilgan. 
Tadqiqotchi – arxeolog X.Alpisboyev mahalliy aholi vakillaridan xalifa 
Alining afsonaviy oti – Duldulning izlari qoyatoshlar qolib ketgan degan 
afsonalarni eshitib, qoyatosh suratlarini o‟rganishga kirishadi. Qoyatosh suratlarida 
tasvirlangan hayvon tog‟ qo‟yi yani arxarning burama shohlarining izi ekanlini 
aniqlaydi. Mazkur izlanishlar natijasida olim bu yerda topilgan 23 ta suratni qayd 
etadi. Bu suratlarni boshqa topilmalar bilan qiyoslab, ushbu topilmalar miloddan 
avvalgi I asrga mansubligini aytib o‟tadi. Olimning Xo‟jakentda olib borgan 
izlanishlari yakuniga etmagaan. Shunga qaramasdan Xo‟jakent qoyatosh suratlari 
ilk bor shu tariqa kashf etilgan.
1958 yili Toshkent viloyati Bo‟stonliq tumanidan T.A‟zamxo‟jayev 
tomonidan ulkan petrogliflar to‟plami topilgan. Ushbu topilma haqida muallif 
tomonidan berilgan ma‟lumotga ko‟ra, Uzunsoy daryosining yuqori oqimida 
joylashgan Chimboyliq qishlog‟idan 18-20 kilometr shimoldagi tog‟ning tepasi va 
janubiy yon bag‟rida tog‟ qo‟ylari, tog‟ echkilari, bug‟ular, itlar, yirtqich 
hayvonlar, otlar kabi hayvonlar aks ettirilgan 250 dan oshiq qoyatosh – lavhalar 
topilgan. Ushbu topilgan qoyatosh – lavhalarda turli hayvonlardan tashqari ov, mol 
haydash, yirtqichlar hujumi kabi boshqa holatlar ham tasvirlangan. Tadqiqotchi 
tomonidan shunday lavhalar aks ettirilgan 30 dan ortiq qoyatoshlar o‟rganib 
chiqilgan va ularni suratga olib borgan. Qoyatosh suratlarining paydo bo‟lish davri 
haqida T.A‟zamxo‟jayev “Dastlabki ma‟lumotlarga ko‟ra, biz o‟rgangan suratlar 
bronza va ilk saklar yashagan davrga , ya‟ni miloddan avvalgi II asr oxirlari – I asr 
boshlariga to‟g‟ri keladi” – degan fikrlarni aytib o‟tadi. 
Toshkent vohasidagi tarixiy yodgorliklarni o‟rganish ehtiyojidan kelib chiqib, 
XX asrning 60-yillarida arxeologik ekpeditsiyalar tashkil etiladi. Ushbu 
ekspeditsiya tomonidan Piskom, Ko‟ksuv, Chotqol, Chimyon daryolari havzasida, 
shuningdek, Qorasuv, Kungara tog‟larida, Ohangaron, Arashansoy vodiysi hamda 
Toshkent viloyatining boshqa hududlarida ko‟plab qoyatosh suratlari ishlangan 
joylar qayd etilgan.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish