Qaynona va kelin.
Ahmad Muhammad Tursun
www.ziyouz.com
кутубхонаси
12
Goho hayotda yuqoridagi voqealarning teskarisi ham bo‘lib turadi. Siz ancha o‘zingizga to‘q, to‘rt
yoningiz tugal xonadonning bekasisiz. Ammo kelinni olgan joyingiz ro‘zma-ro‘z kun ko‘radigan,
ro‘zg‘orini qo‘l uchida tebratib yurgan oila chiqib qoldi. Odatda bunday xonadonlardan
olingan qizlar
esli-hushli, oilam, erim, ro‘zg‘orim,
deb jon kuydiradigan, borgan joyiga toshday cho‘kadigan,
xizmatni do‘ndirib, yo‘qni yo‘ndirib, barchaning ko‘nglini oladigan epchil
va uddaburon kelinlarga
aylanishadi.
Faqat ularning kamxarjligini, nochorligini
betiga solmasangiz,
arzimas mayda-chuydalar
deb
izzat-nafsini koyitmasangiz, har bir ishda ikki xonadon o‘rtasidagi
farqni sezdirmaslikka
urinsangiz, inshaalloh, uning oiladagilarga bo‘lgan mehr-muhabbati ortaveradi.
Qudalaringiz yanada
yaqinlashib borishaveradi. Xonadoningizni urish-janjal, bahs-mojaro tark etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: