www.ziyouz.com
кутубхонаси
7
o‘yladim. Erimga aytuvdim, «Farzand ko‘rganimizda ko‘ylak olib berdim-ku», dedi u bamaylixotir.
Xunobim oshdi. Keyin uyga borganimda oyim yaramga tuz sepdilar: «O’zi ering orzu-havasni
bilmagan yigit ekan... Munkillagan onasini yasantirish o‘rniga oilasini o‘ylasa bo‘lmaydimi? Axir sen
yoshsan, avji o‘ynab-kuladigan davring. Hozir kiymasang, qachon kiyasan? Adashdim, adashdim,
bo‘lmasa, o‘sha tagi pastlarga qiz berarmidim...» Oyimning gaplari meni tamoman yo‘ldan ozdirdi.
To‘nimni teskari kiyib oldim. Erim va qaynonam hayron. Ona-bola nasihat qilishsa - kar, yo‘l
ko‘rsatishsa - ko‘r bo‘lib oldim. Go‘yo izzat-nafsim poymol, qadrim yer bilan yakson, obro‘yim bir pul,
dillarim vayron. Ammo qattiq yanglishgan ekanman.
Xullas, erim va qaynonamning yalinib-yolvorishlari, pandu nasihatlari kor qilmadi, ajrashib ketdim.
Ishga kirib dil yaralarim tuzalganday bo‘ldi. Ammo o‘g‘lim «dada, dada»lab yig‘laganida, «Tor
qornimga siqqan, keng uyimga ham sig‘adi», deb meni ajratib olgan onamning endi malol ko‘rganday
qovoq-tumshuq osiltirib olganida naqadar mash’um xatoga yo‘l qo‘yganimni tushunib yetdim. Bir
parcha matoh, deb shunday mehribon, yaqin kishilarimdan yuz o‘girganimni o‘ylab tuni bilan oh
chekaman, ko‘z yoshlarim jaladay quyiladi».
Ha, qaynona - xonadonning eng katta bekasi, xonimi, eringizning mehribon, saxiy onasi.
Eringizning muhabbati va hurmati boshingizni aylantirib qo‘ymasin, uyda o‘zingizni xo‘jayin his etib
hukm yuritmoqchi bo‘lmang. Bu bilan qaynonangiz va o‘zingiz o‘rtangizga sovuqchilik tushirasiz, choh
paydo qilasiz, eringiz va yaqinlaringizning nazaridan qolasiz.
RIVOYAT.
Alqama ismli dindor bir yigit bo‘lib, u namoz o‘qir va sadaqa berardi. Kunlardan bir
kuni uning tobi qochib xotinini Rasulullohga (s.a.v.) yubordi. Yigitning ahvoli jiddiyligini eshitib
Payg‘ambar alayhissalom hazrat Bilol, hazrat Ali, Salmon Forsiy va Ammorlarni uning huzuriga
yubordilar. Borishsa, bemor og‘ir ahvolda, hatto tavhid kalimasini aytolmay tutilib, g‘o‘ldirab yotibdi.
Hazrat Bilol ahvolni Rasulullohga tushuntirdi. U zot: «Ota-onasi hayotmi?» deb so‘radilar. Hazrat Bilol:
«Otasi o‘lgan, keksa onasi bor», dedilar. Rasululloh onasini ko‘rib surishtirdilar. Nihoyat sir
oydinlashib shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘g‘il xotinining gapiga kirib onasini qattiq og‘rintirgan, xotinini
onadan afzal ko‘rib dilini vayron, kunini xufton qilgan ekan. Shu bois tavhid kalimasini ayta olmay tili
tutilgan. Rasulullohning aralashuvlari bilan ona o‘lim to‘shagida yotgan o‘g‘lidan rozi bo‘ldi va u
shahodat keltirib jon taslim qildi. Rasululloh janoza namozini o‘qiganlaridan so‘ng qabr boshida
ashoblarga shunday dedilar: «Ey ashobim! Har kim xotinining so‘zi bilan onasini xafa qilsa, xotinini
onasidan ustun tutsa, ul odamga Allohning la’nati bo‘ladi. Uning farz va nafl namozlari qabul
bo‘lmaydi. Ul odamning borar yeri jahannamdir». Muhtaram kelinlar, o‘zingizning huzur-halovatingizni
deb eringizni onasidan yuz o‘girishga majburlamang, tantiqligingiz va izzattalabligingiz bilan uning
iymondan, diyonatdan ajralib, ota-onasiga osiy bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lmang. U holda siz ham
Alloh taoloning la’natiga duchor bo‘lishingiz aniq!
Do'stlaringiz bilan baham: |