Sichqoncha.
Komp‘yuter ―sichqonga‖sining uncha sezilarli bo‘lmagan
harakatlari klaviaturadagi bakteriyalar va monitordan taralayotgan nurlardan ko‘ra
ancha xavfliroqdir.
Hozirgi kunda ishlash uchun qulay bo‘lgan g‘ildirakchali yangi
sichqonchalar ishlab chiqarilmoqda. Sichqonchani bosh barmoq va jimjiloq bilan
ushlash kerak, bunda ko‘rsatkich barmog‘ingiz chap tomondagi tugmachada, o‘rta
barmog‘ingiz g‘ildirakchada, nomsiz barmog‘ingiz o‘ng tomondagi tugmachada
bo‘lsin. Bilagingiz doimo stolda bo‘lishi, sichqonchani esa stol bo‘ylab faqat
barmoqlaringiz
bilan
harakatlantirishingiz
kerak.
Ko‘pchilik, ayniqsa,
sichqonchani bosh va nomsiz barmoq bilan ushlashga, bilak qismi bilan harakat
qilishga odatlanib qolganlar fikrimizga qo‘shilmasligi mumkin. Lekin ishoning –
sichqonchani qanday ushlash kerak ekanligini qaytadan o‘rganish sizga faqat foyda
keltiradi. Bilak stol ustida xotirjam yotganida, qo‘l kamroq charchaydi, demak,
tonnel sindromining rivojlanishi ehtimoli ham kamayadi. Sichqonchani bosh
barmoq va jimjilog‘ingiz bilan ushlaganingizda, uning harakat amplitudasi ortadi,
bu esa zamonaviy, ancha sezuvchan sichqonchalar uchun kifoyadir. Komp‘yuter
sichqonchasi va ―kaft usti suyagi sindromi‖. Bugungi kunda komp‘yuter oldida
uzzu-kun o‘tirib ishlash ko‘pchilik uchun odatdagi mashg‘ulot bo‘lib qolgan.
Odamlar monitordan taralayotgan nurlardan o‘zlarini ehtiyotlashga urinadilar,
qulayroq holatni tanlashga intiladilar, bakteriyalardan xavfsirab, klaviaturani
tozalaydilar. Lekin sichqonchaning sezilar-sezilmas harakatlari baozan ancha
xavfliroqdir. Aynan shu harakatlar ―kaft usti suyagi sindromi‖ paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ladi. Bunday kasallikka chalinganlarning soni yil sayin ortib bormoqda.
Kaft usti suyagi sindromi-tez-tez takrorlanib turadigan qo‘l harakatlari
natijasida kaft usti suyagi kanalidagi nerv tolasining qisilib qolishidir. Qoida
bo‘yicha, musiqachilar va harakatdagi mexanizmlar bilan muntazam ishlaydiganlar
bu kasallikka chalinadilar. Asosiy belgilar- barmoqlarning achishishi, uvishib
qolishi, yengil og‘riqning paydo bo‘lishi. Birinchi bor bu kasallik 90-yillarning
boshida AQSHda qayd etilgan bo‘lib, u vaqtlarda kamdan-kam uchrar edi. Odatda
uni kortikosteroid inoeksiyalari bilan davolaydilar, lekin baozan qisilib qolgan nerv
tolasini bo‘shatish uchun jarrohlik operatsiyasi qilinadi. So‘nggi yillarda kaft usti
suyagi sindromi kasalligiga mubtalo bo‘lganlar sonining bir necha marotaba ortib
ketishi fransuz shifokorlarini tashvishga solmoqda. Bemorlarning ko‘pini
komp‘yuter bilan ishlaydiganlar tashkil etadi. Agar bundan 10 yil muqaddam
jarrohlar haftasiga 1-2 ta kaft usti suyagi operatsiyasini o‘tkazgan bo‘lsalar
bugungi kunda bunday operatsiyalarning soni haftasiga 20ga yaqin, yiliga 80000
tagacha boradi. Bu sindrom paydo bo‘lishiga sabab klaviatura va sichqoncha bilan
ishlayotganda qo‘lning noto‘g‘ri holatda bo‘lishidir. Gap shundaki, sichqoncha
bilan ishlash jarayonida kaft usti suyagi tinmay harakatda bo‘lib unga doimo
statistik yuk tushib turadi. Bundan tashqari, stol haddan ziyod past yoki baland
bo‘lsa, kaft usti suyagi tirsak-bilak suyagiga nisbatan ko‘p harakat qiladi. Bunda
komp‘yuter sichqonchasi bilan aniq harakatlar qilinmay, jismoniy mehnat qilishda
ishlashi kerak bo‘lgan mushaklar guruhi harakatga keladi.
Agarda: -kaft usti suyagingiz va bilagingizni muntazam ravishda har tomonga
harakatlantirsangiz, tirsagingiz 90 darajadan ortiq burchak ustida ukilgan bo‘lsa;
- bir xil holatda uzoq vaqt o‘tirib ishlasangiz sizda kasallikka chalinish xavfi bor.
Bu kasallikning oldini olish uchun quyida berilgan shifokorlar maslahatiga amal
qiling.
- sichqoncha va klaviatura bilan ishlayotganingizda qo‘lingizning tirsak qismidagi
bukilish burchagi to‘g‘ri bo‘lishi kerak;
- qo‘llaringizni stol burchagiga qo‘ymang, qo‘llar stolda bemalol joylashishi zarur;
- qo‘llar barmoqlarga nisbatan yuqoriroqda bo‘lishi kerak;
- klaviaturani qattiq bosmang;
- qo‘llaringiz dam olishi uchun, qo‘llar uchun suyanchig‘i bor kursida o‘tiring,
muntazam ravishda barmoqlar uchun mashq qilib turing;qo‘llarni silkiting;
- barmoqlaringiz bilan stolni o‘ng tomondan chap tomoniga qarata cherting.
Xulosa o‘rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu bitiruv malakaviy ishida
«maqsadli yondashuv» uslubining - o‘quv jarayonida qanday foydalanilishini
yoritdim. Ushbu bitiruv malakaviy ishida ta‘lim sohasidagi, yangi pedagogik
texnologiyalar va darslarni zamonaviy darajada olib borishda muhim o‘rin egallagan
holda kadrlar tayorlashni kelajakda o‘z o‘rniga ega bo‘ladigan malakali
mutaxassislarni yetishtirishda o‘z xissasini qo‘shadi.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta‘lim
to‘g‘risida»gi qonunda o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish
mamlakatimiz ta‘lim tizimini isloh qilishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida
e‘tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta‘lim jarayonini inqirozdan
holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta‘lim
standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlaganlaridek, «Eng yangi
zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta‘minlangan kollejlarda eskidan qolgan o‘qitish
uslublarining davom etishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi».
Zero pedagogik texnologiyadan foydalanayotgan ko‘pgina rivojlangan
mamlakatlar o‘quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga
erishayotganliklari hayotda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ushbu qo‘llanmada bayon etilgan
ma‘lumotlar esa bu pedagogik texnologiyaning didaktik salohiyati to‘g‘risida fikr
yuritishga asos bo‘ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o‘quv maqsadlarini belgilash,
talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o‘quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi
dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda
pedagogik texnologiya katta imkoniyatlarga ega.
Pedagogik texnologiyani joriy etish tajribasini o‘rganish va unga ijodiy
yondashish, o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob‘ektdan faol
sub‘ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo‘nalganligini hamda
o‘quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta‘minlashda
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Pedagogik texnologiya doirasida yaratilgan turli xil qo‘llanmalarga murojaat
qilish esa, o‘quv jarayonini tashkil qilishga oqilona va ijodiy yondashishga, bunda
o‘qituvchi o‘z erkinligiga ega bo‘lishi, darsda qo‘llanilgan turli shakl, uslub va
vositalar samaradorligini o‘zi baholashiga imkoniyat yaratadi. SHuni ta‘kidlash
lozimki, pedagogik texnologiya tamoyillari va qoidalariga amal qilish, o‘quv jarayoni
mazmunini talaba shaxsiga, uning qiziqishlari, intilishlari, yosh davrlari
xususiyatlariga va individual o‘zlashtirish sur‘atlariga muvofiq holda olib borilishini
ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |