liyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Mashg‘ulotlar ketma-ketligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki
har bir mavzuni tinglovchining ongiga yetkazish uchun
mavzulami bir-biriga bog‘lanib ketishi alohida mazmun kashf
etadi. Shuningdek, voizning metodik jihatdan boy tajribaga
ega bo‘lishi, uning amaliyotdagi tajribasi, ko‘proq hayotiy
misollar bilan mashg‘ulotni olib borishi tinglovchilarda
ko‘proq qiziqish o‘yg‘otadi.
Bizningcha guruhlami jinsiga qarab guruhlansa yanada
samaraliroq bo‘ladi. Chunki ma’ruzalarimiz mavzulari jins
tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ko‘p narsalami
pardalik qilib, hayo bilan oshkora gapirmaslikni talab etadi.
Shuning uchun ma’ruzachilami ham jinsiga qarab belgilash
lozim boiadi.
Bugungi kunda oila mustahkamligida yoshlami nikoh
oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari ham muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |