1. Shaxs yetuklik tushunchasi Biologik kovushish: Psixologik qovushish



Download 81,5 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi81,5 Kb.
#249324
  1   2
Bog'liq
shaxs yetukligiii


Shaxs yetukligi va oilaviy munosabatlarni kо‘rinishi

Reja:
1.Shaxs yetuklik tushunchasi



2.Biologik kovushish:

3.Psixologik qovushish.

4.Ijtimoiy qovushish.
Oiladagi axloqiy–ma’naviy muhit, psixologik-pedagogik madaniyati darajasining yuqoriligi, insonning moddiy ehtiyojlari bilan bir qatorda ma’naviy extiyojlarining tо‘la qondirilishi oila mustahkamligini ta’minlaydi. Shaxsning ijtimoiy hayotdagi о‘zgarishlar uning nikoh-oila munosabatlariga ham ta’sir qiladi. Nikoh-oila munosabatlarida bir qator ijobiy о‘zgarishlar bilan birga ma’lum muammolar mavjud. Bugungi kun oilasining mustahkamligida ayrim psixofiziologik omillarni ilgaridan mavjud bо‘lgan ahamiyatligini tashqi va ochiq ifodalanishi hollari о‘sib bormoqda.

Ayniqsa, er-xotin о‘zaro munosabatlariga ta’sir etuvchi jinsiy qoniqmaslik, jinsiy hayot borasidagi savodsizlik, madaniyat darajasining past ekanligi nikohdan tashqari jinsiy munosabatlarining ortish hollarining, ajralish hollarining kо‘payishiga olib kelmoqda. Bu о‘z о‘rnida salbiy asoratlar: tirik yetim bolalar sonining ortishi va ular tarbiyasi bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni, jamiyat miqyosida jinsiy yо‘l bilan о‘tuvchi kasaliklar miqdorining, yuridik jixatdan voyaga yetmagan yoshlarning turli noqonuniy jinsiy muammolari bilan bog‘liq bо‘lgan axloqsizliklarni sodir etish xollarining, ayollar asab kasalliklarining ortishi va oilasi, mehnat jamoasi, farzand tarbiyasiga salbiy ta’siri, jinsiy muammolar ta’sirida nosog‘lom, notо‘liq oilalar miqdorining kо‘payishi о‘z vaqtida nikoh-oila munosabatlarini, oilaning ichki-psixologik, jinsiy hayoti borasidagi muammolarini о‘rganishning dolzarbliligini kо‘rsatadi. О‘tkazilgan tadqiqotlarda kо‘p yillik va yosh oilaviy yashash muddatiga ega bо‘lganlar, ajrashgan oilalar bilan kuzatish ishlari olib borilganda, xissiy-psixologik qovushishda asosan nizolar birinchi –sakkizinchi yillargacha kuzatilishi mumkin. Keyingi bosqichda esa er-xotinlar bir-birlarini individual xususiyatlariga kо‘nika borishlari kuzatiladi. Ayollardan «Sizga xamisha mulozamat kо‘rsatilishini istaymiz?», deb sо‘ralganda yosh oilalarda 86% ayol «har doim» istayman, katta oilaviy yashash muddatiga ega oilalarda 56% ayollar «vaqti-vaqti» bilan, «tez-tez», javoblarini tanlashgan, ammo kо‘ngil uchun ham ozgina e’tibor kо‘rsatmasligini bildirishgan, «nachora» javobini olishga muvofiq bо‘lishgan. Ajrim qilingan oilalarda esa ayollar erlari tomonidan kо‘rsatiladigan mulozamatlari oilaviy yashash muddatning birinchi-ikkinchi yillarida «juda yaxshi», «yaxshi» baholaganlar, keyingi yillarda bu kо‘rsatkich juda kam», umuman yо‘q» deb baholangan. Aksariyat ayollar erlari tomonidan sodir etilgan nikohdan tashqari jinsiy munosabatlarni sodir etilgan nikohdan tashqari jinsiy munosabatlarni sodir etilganligini kechira olmaganligini ajralishning sabablaridan qilib kо‘rsatilgan. «Agar eringiz bilan ajrashuvdan avvalgi vaqtingizda qaytib kelgudek bо‘lsa, ajrasharmidingiz?», deb sо‘ralgan savolga 88% ayollar «yо‘q, ajrashmagan bо‘lar edim», degan javobni tanlashgan.

Jinsiy hayotda yarashib olish bir tomondan ijobiy iqlimni vujudga keltirsa, ikkinchidan ayollarning e’tiroziga sabab bо‘lishi mumkin ekan. Ayol kuni bо‘yi eridan e’tibor kо‘rsatilishini kutishi va bu ehtiyojni qondirilmasligi, faqat jinsiy qovushishdagina kо‘rsatilgan e’tibor ayolda arazlash va gina-qudrat hissini yanada keskinlashtirishi mumkin ekan. Natijalardan kо‘rinib turibdiki, oilada ayol kishiga kо‘rsatiladigan mulozamatlar erkaklar tomonidan «su’niy» ravishda chegaralanib, «olinar» ekan. YA’ni, ayol kishiga mulozamat kо‘rsatish yoqimli sо‘zlar asosida ayolning gо‘zalligi, sevimli ekanligi xaqida gapirish oilaviy yashash muddatining dastlabki birinchi-ikkinchi yilida «2-4» ballni, juda kam hollarda «5» ballni tashkil etsa, oilaviy yashash muddatning uchinchi-beshinchi yillarida kamayib, oltinchi-о‘ninchi yillarda xattoki aksariyat oilalarda ayollarning hissiy ehtiyojlarining qondirilmasligi kuzatildi.

Har bir oilaning mustahkamligida oila a’zolarining oilaviy hayotdan mamnunligida oila qurgan yoshlarning о‘zaro qovushishi muhim rol о‘ynaydi.

О‘zaro qovushishning shartli ravishda uch qismlari mavjud:

1.Biologik kovushish:

2.Psixologik qovushish.

3.Ijtimoiy qovushish.

Yosh oilaning dastlabki birinchi oyi qanchalik shirin, totuv о‘tgan bо‘lsa, keyingi oy va yillari ham shunchalik hissiy bо‘lmasa-da yaxshi davom etishi uchun nimalarga e’tibor berish lozim? Yuqoridagi qovushish turlarining eng muhimi, asosiysi qaysi biri.


Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish