1. Shaxs yetuklik tushunchasi Biologik kovushish: Psixologik qovushish



Download 81,5 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi81,5 Kb.
#249324
1   2
Bog'liq
shaxs yetukligiii

Biologik qovushish - psixologik komponentga nisbatan bir muncha barqarorligini, kam о‘zgaruvchanligini hisobga olib quyidagilarga alohida e’tibor berishi lozim. Shakllangan temperamentni о‘zgartirib bо‘lmasligi va bunga intilishning foydasizligini unutmaslik kerak. Temperament jihatdan kelin-kuyov har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi tiplarga mansub bо‘lishi mumkin. Buni oila mustahkamligi uchun xavfli omil deb hisoblash xatodir.

Sotsiolog va demograflarning ta’biricha, kо‘p oilalarda er-xotinning ma’lumot darajasi teng bо‘ladi. Xotinning eriga nisbatan ma’lumot darajasi ortiqlig‘i oilaning mustahkamligi uchun xavfli omil hisoblanadi. Umuman har bir insonning bilim saviyasi qanchalik yuqori bо‘lsa, uning о‘z umr yо‘ldoshiga bо‘lgan talabi ham shuncha yuqori bо‘ladi.

Psixologik qovushishda muhim rol о‘ynaydigan bilim, kо‘nikma va malakani kezi kelganda, ularni uchga bо‘lish mumkin.

a) oilaviy hayotda muhim axamiyatga ega bо‘lgan uy tutishi, tejamkorlik bilan bozor qilish, oila byudjetini tо‘g‘ri taqsimlash, turli ovqatlar tayyorlash va hokazolarga doir bilim, kо‘nikma va malakalar mavjudligi:

b) bolalarga qarash, ularni tarbiyalashga doir bilimlar, ya’ni yosh ota-onalarning psixologik –pedagogik saviyasi: oila, turmush о‘rtog‘i, bolalari olida otalik, onalik, farzandlik, yetakchilik burchlarini, mas’uliyatni his etish va ularni ado etish:

v) jins va jinsiy hayot psixofiziologiyasiga doir bilim, kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lish, umr yо‘ldoshining individual xususiyatlarini hisobga olish, bu sohada sabr-chidamli bо‘lish, yaqin kishisining extiyojlaridan ustun qо‘yishga tayyorlik.

Kelin–kuyovning mana shu bilim, kо‘nikmalarida va malakalarida katta tafovut bо‘lishi mumkin.

Psixologik komponenti ham kiradi. Ijtimoiy yoki sotsial komponent shaxsning dunyoqarashi va yо‘nalishi (hayotiy qadriyatlari)dan tashkil topadi. Oilaviy hayotda qovushish uchun dunyoqarash katta rol о‘ynaydi, unda shaxsning hayotiy qadriyatlari juda katta ahamiyatga egadir.

Darhaqiqat oilaviy munosabatlar tizimida qovushishning о‘rni beqiyosdir. Shu nuqtai nazardan olganda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda mazkur jihatni hisobga olish oilani mustahkamlovchi omillardan hisoblanadi. Darhaqiqat, asrlar davomida o‘z e’tirofini topgan va diniy-axloqiy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi.

Inson farzandi ota-onadan genetik meros oladi. Unga ajdodlari genofonidan ham ulush tegadi, albatta. Buni hayotshunoslar irsiyat, deyishadi. Yorug‘ olamga ko‘z ochgan dilbandlar dastlab oliy darajadagi moddiy qadriyatlar hisoblanmish havo, ona suti, suvdan bahramand bo‘ladilar. So‘ngra shaxs kamolotini ro‘yobga chiqishiga asos bo‘ladigan hamda uni ta’minlaydigan muhim omillardan biri oilaviy tarbiya omili boshlanadi.

Oila “millat sharafini” yuqori martabaga ko‘taradigan zaminu vosita hisoblanadi. Oilada farzandlar tug‘iladi, o‘ziga xos xususiyatlari, insoniy fazilatlari vujudga keladi, shaxs shakllanadi. Oila va oilaviy munosabatlar madaniyati hamda shaxsning, yosh avlodning umummadaniy-ma’naviy dunyoqarashining shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’siri muammosini ilmiy tahlil qilish qator fanlarning o‘rganish ob’ekti bo‘lib kelmoqda. O‘z navbatida oilaviy munosabatlar madaniyati shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi birinchi omil bo‘lib, oilaviy muhitning ham jismonan ham ma’nan sog‘lom bo‘lishi jamiyat taraqqiyotiga, undagi mavjud muammolarni hal etishga ijobiy yoki salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi.

Oilaviy munosabat madaniyati nima? Bu – oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, oilaning vazifalarini to‘la bajarish, oilaviy turmush tarzini to‘g‘ri shakllantirish, oila a’zolarining xulq-odobi, dunyoqarashi, mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini ta’minlashdir. Mustahkam oila mustahkam jamiyatning asosidir. Shunday ekan jamiyat oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirib, takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.


Oila va oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini ilmiy tadqiq etishni uning jamiyat taraqqiyoti qonunlariga muvofiq rivojlanishini ifodalashdan boshlamog‘imiz lozim. Oilaning rivojlanishi jamiyatning moddiy ishlab chiqarishi va ma’naviy hayoti bilan bog‘liqdir. Oila shakllarining o‘zgarishi, ibtidoiy jamiyat davridan boshlab barcha tarixiy bosqichlarda moddiy ishlab chiqarish ma’naviyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligi ilmiy adabiyotlarda keng tahlil etilgan.
Lekin jamiyatning, oilaning moddiy hayot sharoitlari o‘zgarishi o‘z-o‘zidan ma’naviy kamolotga olib kelmaydi. Madaniy qashshoq bo‘lgan odam boy bo‘lib qolsa, birdaniga ma’naviy kamolot darajasiga ko‘tarilib qolmaydi. Pedagog-olimlar mazkur mavzuning ta’lim-tarbiyaviy jihatlarini tadqiq etib, oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o‘rniga alohida e’tibor berib, oilaviy tarbiyani umumiy tarbiyaning bir qismi sifatidagi jihatini yoritishmoqda; psixolog olimlar oila va oilaviy munosabatlarga etno-psixologik jihatdan yondoshmoqdalar. Etnograf-tarixchilar ham oilaning kelib chiqishi va oilaviy munosabatlar madaniyatining shakllanishi bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib, oilaviy urf-odatlar, an’analar, marosimlarning yoshlar tarbiyasiga ta’sirini o‘rganganlar.

Faylasuf olimlarimiz masalaning mohiyatini ochib berishda shaxs va jamiyatning o‘zaro munosabati haqidagi umumaksiologik qonuniyatga suyangan holda, shaxs ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat degan nazariy konsepsiyani o‘rtaga tashlaganlar. Xuddi shu konsepsiyadan esa oilada farzand tarbiyasi ijtimoiy xarakterga ega degan boshqa bir nazariy xulosa kelib chiqishi tabiiydir. Madaniyatshunoslar oilaviy munosabatlar madaniyatining yosh avlod tarbiyasiga ta’sirini tahlil qilib kelmoqdalar.


Shuni alohida ko‘rsatib o‘tish kerakki, Markaziy Osiyo mutafakkirlari va ma’rifatparvarlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf xos Xojib, Kaykovus, Devoniy, Alisher Navoiy, Bobur, Munis Xorazmiy, Bedil, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Qori Niyoziy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqalarning asarlarida oila va oilaviy munosabatlar haqida qimmatli fikrlar mavjud. Ularning ko‘plarida mazkur masalaga oid qarashlar muayyan tartibga tushirilgan va ta’limot darajasiga ko‘tarilgan. Xususan, Abu Ali ibn Sinoning “Axloq”, “Oila xo‘jaligi”, Alisher Navoiy “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub” asarlarida oilaga alohida e’tibor bilan qarab, uni inson kamolga erishuvida asosiy makon deb bilganlar.

XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatining asoschilaridan biri Fitratning “Oila” asarida oila asosini to‘g‘ri qurish, oilada yosh avlodga jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiya berish orqali mana shu turg‘unlikdan qutilish, jamiyatni isloh qilish mumkinligini bayon qilgan. “Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog‘liqdir… Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi.” deb yozadi.

Oiladagi o‘zaro munosabatlar madaniyati malakasi tasavvuf falsafasida ham alohida o‘rin tutadi. Bu falsafaning yirik vakillari bo‘lgan Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ota va onalar o‘zaro munosabatlarining farzandlar kamolotidagi roli, farzandlarning ota-onalarga bo‘lgan munosabati mavzui alohida ta’kidlab o‘tilganligini ko‘ramiz.
Shuningdek, ulug‘ ulamolar bo‘lmish Al-Buxoriy, At-Termiziylarning hadis to‘plamlarida, asarlarida ham mazkur mavzuga katta e’tibor berilgan. Qur’ondan keyingi diniy manba – hadislarda Payg‘ambarimiz Muxammad (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taoloning rozi bo‘lishi ota-onaning rozi bo‘lishiga va Allohning g‘azabi ham ota-onaning g‘azabiga bog‘liqdir” (Imom Buxoriy rivoyati).Haqiqatdan ham ota-onaga ozor bermaslik, ularning dilini vayron qilmaslik, muloyimlik bilan suhbatda bo‘lish, ko‘nglini ko‘tarish aytganlarini vaqtida bajarish, farzandning ota-ona oldidagi burchidir.

Mustaqillik davrida oila-nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi masalalarini F. Otaxo‘jayev, o‘zbek oilalari ma’naviyatining tarixiy asoslari, ma’naviy ruhiyati, an’analari, farzandlar tarbiyasi muammolarini istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan oila Safarov, M. Mahmudovlar tahlil etsalar, oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oilaviy tarbiya, oila a’zolarining oiladagi o‘rni, oilada milliy va umuminsoniy tarbiya masalalarining pedagogik nuqtai nazardan oila Musurmanova, oilaning mohiyati, ota-onalarning bola tarbiyasidagi mas’uliyati, farzandlik burchiga oid ba’zi milliy diniy an’analarimizni E. Yusupov, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid masalalarni M. Xalmatovalar tahlil qilganlar.

Oila turlarining demografik, ijtimoiy tuzilishlariga qarab bo‘linishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning oilaviy munosabatlar madaniyatiga ta’siri mavjud. Mamlakatimizda mavjud oilalarning aksariyati to‘liq oilalardir. To‘liq oila deganda ota-ona va farzandlardan iborat oila tushuniladi. Bu tipik oilaga xos xususiyatdir. Bunday oilalar, o‘z navbatida, patriarxal, nuklear, mezalyanslarga bo‘linadi. O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyati yana shundaki, hozirda o‘zbek oilalardagi katta patriarxal oila xo‘jaligi ham saqlanib qolingan. Bunda 2-3 avlod xo‘jaligi umumiy bo‘lib, ularning iqtisodiy birligining asosi hisoblangan oila mulki faqat oila boshlig‘i qo‘lida bo‘ladi va hamma unga bo‘ysinadi. Mana shu sababli ham qarindosh – urug‘larning quda-andachilik munosabatlari davom qilib kelayapti. Yaqin qarindoshlarning nikohi ham shu jumladandir.
Sharq va g‘arb oilalari xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilganimizda ovro‘pa oilalariga xos xususiyat – nikohsiz erkin yashashning keng tarqalishi, ajralishlarning ko‘payishi, tug‘ilishning kamayishi bilan izohlanadi. Ayrim G‘arb olimlari nikohni butunlay yo‘qotib, nikoh kishi erkinligini cheklab qo‘yadi, u inson tabiatiga zid narsadir deb hisoblaydilar. Albatta, bu noto‘g‘ri bo‘lib, insoniyat taraqqiyotiga ziddir.

Zamonaviy oilalarga xos ikkinchi xususiyat ularning nuklearligidir (Nuklear – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi “yadro” demakdir. Er-xotin va bolalardan iborat). Hozirda G‘arb sivilizatsiyasi ta’sirida oilaning bu xili ko‘payib bormoqda. Bunday oilalarda qaynona va kelin yoki kelinlar alohida yashaganliklari uchun ular orasidagi nizoli munosabatlarning oldi olinadi, turmush tarzida ular bir-birlari bilan qadrliroq, mehr-shafqatliroq madaniy munosabatda bo‘lishadi. Bu masalaning ijobiy tomoni bo‘lib, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishiga olib keladi. Ota-onadan alohida yashayotgan kelin-kuyov musataqil hayotga, oila iqtisodiyotini rejalashtirishga, farzandlarni mustaqil tarbiyalashga o‘rganadilar. Oilaviy masalalarni dam olish, bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish kabilarda nuklear oilalar erkinlikka ega bo‘ladilar.

Zamonaviy oilalarga xos uchinchi xususiyat – mezalyanslarning oshishidir. (“Mezalyans” – fransuzcha so‘z bo‘lib er-xotinning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy mavqyelari orasida katta tafovut bo‘lgan oilalar tushuniladi). “Mezalyans” deb, masalan shaharliklar bilan qishloqliklar, ziyolilar bilan ishchi-dehqon, chorvadorlar hamda turli millat kishilari orasidagi nikohlarni tushunish mumkin. Mezalyans oilalar sonining oshishi ham irsiy ijtimoiy jihatdan ijobiy holdir.
Sharq tarbiyasida biz ota-onalar oila baxtliligini ta’minlashda va yoshlarni oilaga tayyorlashda jinsiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Mashhur faylasuf Z. Freydning ta’lim berishicha, oila faqatgina birgalikda yashash uchun emas, balki to‘laqonli hayot kechirish, insoniy ehtiyojni qondirish uchun ham quriladi.

Oilada har tomonlama sog‘lom muhitni qaror toptirishda quyidagi ijtimoiy pedagogik-psixologik, ma’naviy-madaniy mezonlarga amal qilishni tavsiya sifatida maqsadga muvofiq deb yondashishimiz mumkin:


– yoshlarni sportga, jumladan, oilaviy sportga ijobiy munosabatini shakllantirishga erishish;
 – farzandlarda hayotiy faoliyatni oqilona tashkil etish va reproduktiv madaniyatni shakllantirishga erishish;
– Oilada sog‘lom turmush tarzini asosiy omil sifatida xalqimizning o‘ziga xos an’analari va qadriyatlarini o‘rganish va keng targ‘ib etish;
– Ota-onalarning farzand tarbiyasi yuzasidan mas’uliyatini, salohiyatini, savodxonligini, ota-onaning pedagogik-psixologik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta’minlash;
– Oilada ma’naviy va jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish;
– Oilaviy munosabatlarda farzandlarning umumadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish.

Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng og‘ir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo‘yilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta’siri sezilarli bo‘ladi. Ta’lim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining so‘ngi daqiqasigacha ta’qib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va ma’naviy takomilida ham muhim o‘rin tutadi.

Oilaviy qadriyatlar va farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik bugungi kunda oila sanalmish muqaddas qo‘rg‘onga qaratilgan eng xavfli ma’naviy-mafkuraviy tahdid deb tushunishimiz mumkin. Mazkur tahdid “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 iyuldagi 3160-sonli Qarorda ham ichki tahdid ekani va buning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirmasak, u tashqi tahdidlarni chaqirishi va uning oqibatida oila instituti ma’naviy tanazzulga uchrashi mumkinligi aytib o‘tildi. Qolaversa, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik ma’lum darajada ota-onalarimizda shu muammoga nisbatan nazoratsizlik, uquvsizlik hamda bilimsizlik avj olinishi bilan izohlanishi mumkin.Mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 iyuldagi 3160-sonli Qarorida keltirilganidek, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib berish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish; jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy qilish ayniqsa muhim.

Ma’lumki, xalqimizda oila va qarindoshlik munosabatlari ma’naviy qadriyatlarning muhim manbai sanaladi. Kattalarni hurmat qilish, o‘zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo‘lib kelgan. Har bir oila qadrlaydigan normalarini ishlab chiqishi kerak. Masalan oila vakillari bir-birini har qanday vaziyatda ham hurmat qilishlari, oilaviy dasturxon yozilganda hamma birga o‘tirib ovqatlanishi kerak, oilaning har bir vakili o‘zining ijtimoiy rolini mas'uliyat bilan ado qilishga odatlanishi kerak, oila a’zolarining bir vaqtda kitob o‘qishi, ya’ni ota-ona farzandlari bilan dars qilishi, oilaviy teatrlarga borishi, milliy tarbiya, milliy urf-odat va qadriyatlar to‘g‘risida oilaviy suhbatlar uyushtirishi, oilaning istiqbol rejalarini birga maslahatlashish kabilarni aytish joiz.

Har bir millat, elat va davlatlarning o‘zi qadriyatlar tizimi mavjud. Shu jumladan, oilada ham oila vakillari qadrlaydigan va amal qilish kerak bo‘lgan an’ana va qoidalar bo‘ladi va bu normalar oilaning mustahkamligiga olib keladi. Agar mazkur qadrlanadigan qadriyatlar va normalar tizimiga amal qilinmasa yoki u buzilsa, oilada o‘zaro nizolar yuzaga kelib, oqibatda oilaviy ajrimlarni yuzaga keltiradi. Oilaviy ajrimlar esa o‘z navbatida oiladagi farzandlarni qarovsizligi va nazoratsizligini yuzaga keltiradi. Buning oqibatida esa nazoratsiz ko‘ngli o‘ksik bolalar har xil buzg‘unchi va vayronkor g‘oyalarga chalinishi yuz beradi. Oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik jamiyatda avj olib ketishi butun bir ijtimoiy struktura yoki millatni ma’naviy tanazzulga uchratadi. Oilada kelajak avlodga milliy qadriyatlarni, o‘rgatmaslik ularning buzg‘unchi ommaviy madaniyatning ta’siriga tushish xavfini kuchaytiradi.

Oilaviy ajrimlar bo‘lmasligi uchun oila vakillari oilaning quyidagicha vazifalariga tayyor bo‘lishi lozim.

Iqtisodiy vazifasini – oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejab ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo‘lishlariga bog‘liq

Reproduktiv – jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish vazifasidir.

Tarbiyaviy vazifasi – ota-ona – san’atkor, bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. Xalqimizda “qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.

Oilaning kommunikativ vazifasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Oilaning rekreativ – o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarining mehnat qilish, o‘qishdan tashqari dam olishlarini tashkillashtirish, oilaviy tadbirlar doirasini kengaytirish.

Oilaning regulyativ vazifasi oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni adolatli boshqarish, oiladagi ustunlik va obro‘ni ijtimoiy nazoratni amalga oshirish, kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish, kattalar tomonidan yosh avlodni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo‘llab, oila boshlig‘i o‘z farzandlari va oila a’zolarining xatti-harakatlari, huquqi uchun javobgar bo‘lishidir.

Oilada farzand tarbiyasi, va oilaviy munosabatlar yuzasidan majburiyatlar konstitutsiyamizning 14-bobida o‘z aksini topadi.

Jumladan, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega (63-modda).

Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar (64-modda)

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar (66-modda).

Hadisi sharifda ham oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlikni oldini olish yuzasidan quyidagicha fikrlar keltirildi.

“Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”; “Qachonki er o‘z xotiniga va xotin o‘z eriga qarashsa, Tangri ham ularga rahmat nazari bi­lan qaraydi, bordiyu kaftini kaftiga qo‘ysa, barmoqlari orasidan gunohlari duv-duv to‘kiladi”, deyiladi hadisda.

Shu o‘rinda taniqli olim, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronovning “ Bugun har bir ota-ona pedagog bo‘lishi kerak” degan fikrlarini keltirish joiz. Chunki yuqorida biz globallashuv jarayonini insoniyat xulq-atvori, biror davlatda o‘xshashi yo‘q oilaviy qadriyatlarimizga salbiy ta’siri seziladi.

Bularni barchasi oilada ota-onaning farzand tarbiyasiga qay darajada e’tibor berishi, ular bilan dars qilishi, oilaviy kitobxonlikni uyushtirishi, teatrlarga birga borishi va uning milliy tarbiya yuzasidan ma’naviy, pedagogik-psixologik tahlilini qilishi, milliy tarbiya, urf-odatlar, milliy qadriyatlar tizimi, oilaviy rol mas'uliyati, ijtimoiy faollik kabi mavzularda oilaviy muloqotlar qilishiga bog‘liq.



Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.

Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar mu-ayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruxli oila paydo boʻlgan. Lekin, bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazifasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana k,. Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).

Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mahsulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan (k,. Monogamiya).

oila xalqning , jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ij-timoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa oila jamiyat yoʻnalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek oilalarining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼna-viy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi (qarang Oila tarbiyasi).



Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi.

Adabiyotlar:
1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. Toshkent,-2001.

3.Shoumarov G`.B. Oila psixologiyasi Toshkent,-2007

3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s.

4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s.

5.www.ziyonet.uz
Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish