vaqtni topishning o‘zi bo‘lmaydi. Ayniqsa, farzand televizor
bilan band bo‘lgan, o‘zini ekran yoki ko‘zgu oldida tutgan
bugungi zamonda bu ish murakkab sanaladi. Hammamizga
qunday
ravshanki, farzandlarimiz hozirda to‘liq tashqi
ta’sirlar ostida qolgan. Bunday vaziyatda farzandni suhbatga
tortish mushkul, ammo ota-onalik mas’uliyati sizni bunga
majbur qiladi. Qolaversa, bu kabi yakkama-yakka bo'lish-
laming bola uchun kelajakda samarasi kuchli bo'ladi. 0 ‘z
farzandlarini baxtli, tengdoshlari davrasida dadil,
osoyishta,
qo'shimchasiga a’lochi o‘quvchilar safida bo‘lishini kim ham
istamaydi deysiz?! Faqat buning uchun farzandlarimiz bilan
yakkama-yaka bo‘lishga, suhbatlashishga vaqt topa bilishimiz
shart.
Amerikalik mashxur olimlardan birining to'rt farzandi
bor. U yaqinda bo‘lib o‘tgan anjumanda farzandlar uchun
vaqt ajratishning nihoyatda og‘irligini,
lekin yakshanbada bir
bola uchun yarim soat vaqt ajratishga o‘ziga o‘zi so‘z
berganligi haqida gapirdi. «Har bir ota-ona, - deydi u, - bu
borada o‘zlariga reja tuzib olish lozim».
Meni ham aynan mana shu masala qiynardi. Bir misol:
qizim har dushanba kuni mening ishxonamga yaqin bo‘lgan
to'garak mashg'ulotlariga qatnashar edi.
Ish kunimni
shunday rejalashtirgan edimki, kechki payt uni to‘garakdan
chiqish paytida kutib olardim. U bilan qahvaxonaga kirib,
birga ovqatlanardik. Bizga hech kim xalaqit bermasdi. Qi-
zimga butun diqqat-e’tiborimni
qaratish uchun menda fursat
topilardi. Qizimni qiziqishlari haqida suhbatlashardim va eng
asosiysi, u bilan yakkama-yakka bo‘lishga vaqt topardim.
Farzand bilan holi suhbatlashib, uning hayotini tushunib
yetsangiz, shundagi o‘simlik qiyinchiliklarini yengib o‘tishda
unga yordam bera olgan bo‘lasiz.
281
Bolalar soni ko‘p bo‘lsa, ulaming har bittasi uchun jon
kuydirish shunchalik mushkullashadi. Esimda, 7 yoshli qiza-
loqni mening huzuritrtga maslahat uchun olib kelishdi.
Qizchaning uydagi va maktabdagi muammolari to‘lib-toshib
ketgan ekan. U uy vazifalarini
bajarishda qiynalar, tengdosh-
lari, aka-ukalari bilan muomala-munosabatlarda esa yoshiga
mos ish tutmas ekan. Gap nimada ekanligini tushunib yetgan
boisangiz kerak. Uning oilasida 10 farzand bo‘lib, tabiiy ra-
vishda ota-onalari ulaming har biri uchun vaqt ajrata olma-
ganlar. Qizaloqni o‘zlarining e’tiborsizligini
azob chekayot-
ganligi ulaming hayoliga ham kelmagan. Sababi boshqa
farzandlari ular bilan biiga me’yordagidek hayot kechi-
rishardi.
Oilaning qishloqda dehqon-fermer xo‘jaligi bo‘lib, katta
farzandlari shu yerda mehnat qilishardi. Qizaloq esa yoshligi
sababli ular bilan birga ishlay olmasdi. Bir o‘zi uyda qol-
ganligi bois o‘zini oilada yolg‘iz va tashlandiq sezardi. Ota-
onasi uni qattiq sevar, biroq qizaloq buni sezmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: