Uni hisoblash uchun SQL da quyidagicha so‘rov yozamiz(3-Rasm) va natijasini 4-
Rasm da ko‘rishimiz mumkin
3-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
4-Расм(Натижа)
Umuman olganda ayrim masalalarni hisoblashda avval ustunning qiymatlari
guruhlanib so‘ngra ishlatilishi ham mumkin, uni quyidagi masalani yechish jarayonida
ko‘rib o‘tishimiz mumkin: Ushbu savdo do‘koniga yangi o‘lchamdagi non keltirildi,
jami necha dona non keltirilgan?
Bu masalani yechishda eng qulay usul bu guruxlashdir. Uning uchun biz
GROUP BY
operatoridan foydalanamiz. Bu operatorning maqsadi bir xillikga chek qo‘yishdan
iboratdir. YA’ni bir xil xarakterdagi satr qiymatlarni ular alohida satrlarda turgan
bo‘lsa ham 1ta satr ostida birlashtirib, ularning qolgan parametrlarini boshqa bironta
operatorlar yoki funksiyalar bilan bog‘laydi. Isbot sifatida yuqoridagi masalaning SQL
so‘rovlar ostidagi yechimini ko‘ramiz
5-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
6-Расм(Натижа)
Biz bu holat bilan ham yaqindan tanishdek, demak, har ikki yo‘lning
qaysi paytda
ishlashini o‘ylag kerak ekan.
2-agregat funksiyamiz COUNT() standart funksiyasidir. Bu funksiya odat qaysiki
xususiy hollarni sanashda ishlatiladi. Misol uchun quyidagicha masala tuzaylik va
unining yechimi(8-Rasm) ni SQL da olingan so‘rov(7-Rasm) bilan tasdiqlaylik: Savdo
do‘koniga 1 kunda bir xil turdagi tovarlardan necha marta keltirilgan?
7-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
8-Расм(Натижа)
Ko‘rinib turibdiki bu gal ham GROUP BY operatoridan
foydalanib masalani
yechishga harakat qildik.
3-agregat funksiyamiz AVG() standart funksiyasidir. Uning vazifasi haqida aytadigan
bo‘lsak o‘rtacha qiymatni hisoblaydi, ya’ni biz uni matematika kursida o‘rta arifmetigi
deb ataganmiz. Ushbu funksiyaga ham masala tuzib uni kompyuterdagi yechimi(10-
Rasm) ni olaylikchi: savdo do‘koniga 1 kunda o‘rtacha necha so‘mlik tovarlar olib
kirilgan(1 donaga nisbatan)?
9-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
10-Расм(Натижа)
Masalamizning javobini topish uchun tuzilgan SQL tilidagi so‘rov 9-Rasm da
keltirilgan.
4-agregat funksiyamiz MIN() standart funksiyasidir. Uning vazifasi esa satr qiymatlari
ichida eng kichigini topishdan iboratdir. Misol uchun masalaga javob topaylik: savdo
do‘koniga 1 kunda keltirilgan tovarlarning ichidagi eng arzon tovar nomi va narxi
ko‘rsatilsin
11-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
12-Расм(Натижа)
SQL dagi so‘rovlarimiz 11-Rasm
da keltirilgan, uning natijasi esa 12-Rasm da
ko‘rsatib o‘tilgan.
5-agregat funksiyamiz MAX() standart funksiyasidir. Vazifasiga ko‘ra bu standart
funksiyamiz ustun bo‘yicha satr qiymatlarining ichidan eng kattasini topishdir. Uni
tasvirlash uchun quyidagicha masala tuzaylik: savdo do‘koniga 1 kunda keltirilgan
tovarlarning ichidagi eng qimmat tovar nomi va narxi ko‘rsatilsin
13-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
14-Расм(Натижа)
Demak, bu masalamizning SQL da tuzilgan so‘rov(13-Rasm) ini va natija(14-Rasm)
ni ko‘rdek.
Ushbu agregat funksiyalar barcha standart funksiyalarning ichidan eng
asosiylaridandir. Shu sababli ularni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Topshiriqlarni bajaring va ballarni qo‘lga kiriting.
Topshiriqlarni alohida “Topshiriq savollari”
jildidan olishingiz
Do'stlaringiz bilan baham: