23
Insonlar uchun qancha ko‘p
yangi
narsalar yaratilmasin, ularda yangi
ehtiyojlar paydo bo‘ladi. Bu yangi
ehtiyoj lar texnologiyalarni
rivojlanti rish-
ga undaydi. Ishlab chiqarish korxonalari
tomonidan insonlar hayoti uchun zarur
bo‘lgan keng iste’mol mollarini ishlab
chiqarishda marketo log muhim o‘rin tu-
tadi.
1. Marketing xizmati nimalardan
iborat va nega bu-
gungi kunda biron bir muvaffaqiyatli biznes uning ish tiro -
kisiz amalga oshmaydi?
2. Onlayn marketing so‘zini qanday tushunasiz?
3. Bozordagi raqobatning kuchayishida marketologning
roli nimada?
Marketolog
—
bu tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini
bozor talablariga mos darajaga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi
mutaxassis.
Birinchi marketologlar Yevropada XVII—XVIII
asrlarda-
yoq ish boshlashgan. O‘sha davrda savdo tashkilotlarining
kuzatuvchilari bozorlarga borib qaysi matoga, mahsulot-
ga talab kuchliligini aniqlab yurishgan. Bu keltirilmoqchi
bo‘lgan mato,
material, mahsulotning bozordagi kelajagini
aniqlab bergan.
Bugungi kunga kelib marketologlar uchun har bir tashki-
lotda ish o‘rinlari ajratilgan. Bank ishlari,
tekstil korxonalari,
-
ketologlarga ehtiyoj katta. Bundan tashqari zamonaviy
internet davrida internet-marketologlar savdo bo‘limida
alohida o‘rin egallovchi mutaxassis darajasiga ko‘tarilgan.
Savol va topshiriqlar:
24
Bugungi kunda sanoat, texnika, landshaft,
poyabzal,
kiyimlarni modellashtirish, avtotransport vositalarini loyi-
halash, me’moriy va boshqa turdagi dizaynerlar faoliyat
ko‘rsatmoqdalar.
Dizayn
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, shinam, yaxshi,
chiroy-
li loyiha degan ma’noni anglatadi.
Buyumlarga yuqori iste’mol va estetik xossalarni ta’minlay-
digan mutaxassis
dizayner
deb ataladi.
Suratga qarang. Choynaklar dizayni bir-biridan qanday farq
qiladi?
Dunyoda hech bir inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan narsa-
larning barchasini ishlab chiqara olmaydi. Ko‘p nar-
salarni sotib oladi. Sotib olish uchun buyumlar soti-
ladigan do‘konga keladi. Uning e’tiborini qanday mahsulot jalb
qiladi? Foydalanish uchun o‘xshash bo‘lgan buyumlardan qaysi
birini afzal ko‘radi? Nima deb o‘ylaysiz? Mahsulot nimasi
bilan xaridorni jalb qiladi?
Har bir mahsulot o‘zining go‘zalligi, qulayligi,
bejirim
qa doqlanishi, g‘ayrioddiy shakli, ya’ni tashqi ko‘rinishi,
boshqacha aytganda dizayni bilan o‘ziga jalb etishini ma’qul-
laysizmi?
25
1. Inson mahsulot sotib olayotganda nimaga e’tiborini qa-
ratadi?
2. Dizayner kasbini egallash uchun qanday bilimga ega
bo‘lish lozim?
3. Dizayner kasbi muhandislik kasbidan nimasi bilan farq
qiladi?
4. Dizayner kasbi nima uchun zarur kasblardan biri hi-
soblanadi?
Savol va topshiriqlar:
1. Interyer deganda nimani tushunasiz?
2. Maktab, uy interyerining ko‘rinishi qanday bo‘lishi ke rak?
3. Qanday mebel buyumlari kerak bo‘ladi?
Ularni qan-
day joylashtirish lozim?
4. Qanday uy o‘simliklari uy interyerini bezatadi?
5. Gul tuvaklarini gulzorning qayeriga qo‘yish kerak?
Javobingizni tushuntiring.
Topshiriq: Sinf xonasi yoki uyning interyeriga oid loyi-
hangizni taklif eting.
Do'stlaringiz bilan baham: