Musicha - Streptopelia senegalensis L.
Kaptarlar turkumiga kiradi. Farg„ona shahrida musicha uchramaydigan
xonadonni uchratish qiyin, qariyb hamma uy, hovlilarimizda, bozorlarda uchraydi.
O„rta Osiyoda keng tarqalgan. Odam yashaydigan joylarda o„troq hayot kechiradi.
Insonlar shunday ko„nikib ketganki, uni ovlashni xayoliga ham keltirmaydilar.
Uyasini odam yashaydigan imorat, karnizlar, tom ostilariga, daraxt hatto toklarning
ustiga ham sodda qilib quradi. Ikki donadan
tuxum qo„yadi. Tuxumlarini bosishda va jish
bolalarini boqishda erkagi ham ishtirok etadi.
Jig„ildonidan ajralgan qush "suti" bilan
bolalarini boqadi. Yoz davomida 2-3 marta
tuxum qo„yadi. Musicha judayam beozor qush,
u bug„doy, arpa, jo„hori, mosh kabi to„kilgan
don va begona o„tlarni urug„lari bilan
ovqatlanadi. Xo„jalikka zarari sezilmaydi.
Uylarning ko„rki bo„lib qolgan qushlardan
hisoblanadi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |