SUVDA VA QURUQDA YASHOVCHILAR SINFI
Bu sinfning hozirgi kunda er sharida uchta turkumi uchrab, tropik va
subtropik hududlarda keng tarqalgan. Ularning 1900 ga yaqin turi fanga ma‟lum.
O„zbekiston sharoiti qurg„oqchil bo„lganligi sababli faqatgina ikkitagina vakili
yashaydi. Bular ko„k qurbaqa va ko„l baqasi bo„lib, dumsizlar deb ataluvchi
turkumga kiradi. Lekin daryo va boshqa har xil suv havzalari qirg„oqlarida ko„p
uchrab, tabiatda va xo„jalikda sezilarli ahamiyatga ega. Shahrimizdan o„tadigan
Marg„ilonsoy va Cheksho„ra (chek-ariq) qirg„oqlarida va boshqa sug„orish ariqlari
atrofida yashil qurbaqa va ko„kbaqani ko„plab uchratamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |