4.
Qorachiqning akkomadatsiyaga javob refleksi.
Bemor vrach to‘g‘risiga
o‘tiradi va kafti bilan bir ko‘zini yopadi. Normada predmetni yaqindan ko‘rganda
qorachiqlar torayib, nigohni uzoqlashtirganda qorachiqlar kengayishi kerak.
Zararlanish belgilari:
Ptoz –
yuqori qovoqning pastga tushishi.
Uzoqlashgan strabizm –
ko‘z olmalari tashqi tomonga tortiladi.
Diplopiya –
buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi.
Midriaz –
qorachiqning kengayishi.
Ekzoftalm –
ko‘z olmasining chaqchayishi.
Ko‘z olmasida harakatning chegaralanishi, konvergensiya, akkomadatsiya va
qorachiq reflekslarining buzilishi.
IV juft bosh miya nervi – g‘altak nervi
(n.trochlearis) –
harakatlantiruvchi
nerv, 2 ta neyrondan iborat. Ko‘z olmasini tashqari va pastga harakatlantiruvchi
m.obliqus superior
ni innervatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |