4.
axill refleksi
bolg‘acha bilan axill payiga urishga javoban ikrasimon mushak qisqaradi va tovon
kaftga tomon bukiladi. Bemor orqasi bilan yotganda vrach o‘zining chap qo‘li bilan bemorning
tovonini ushlaydi, oyoqni tizza va chanoq-son bo‘g‘imida bukadi, o‘ng qo‘li bilan axill payiga
bolg‘acha bilan uradi. Tekshiruvchi tizzasi bilan stulga shunday chiqadiki, uning tovonlari
osilgan holda bo‘lishi kerak va shu holatda bolg‘acha bilan axill payiga uradi.
Zararlanish simptomlari.
Pay refleklari normal, oshgan, pasaygan va umuman bo‘lmasligi
mumkin. Bir yoki bir necha reflekslarning oshishi doim patologiyadan darak beradi. Ko‘pincha
pay va periostal reflekslarning lokal oshishi piramida tutami butunligining buzilishi tufayli
yuzaga keladi, bu markaziy falajda kuzatiladi. Agar reflekslar ikki tomonda ikki xil bo‘lsa – bu
anizorefleksiya deyiladi. Pay refleklarining keskin oshishi tizza qopqog‘i va tovonning
klonusiga olib keladi. Pay va periostal reflekslarning lokal pasayishi segmentar apparatning
organik zararlanishi bilan bog‘liq. Pay refleklari pasayishi va umuman bo‘lmasligi- periferik
falajning xarakterli belgisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |