Bog'liq tortuvchi nimstantsiya fanidan tortuvchi nimstantsiya. (1)
Uzgichlarga qo`yiladigan talablar . Yuqori kuchlanishli uzgichlar uchun quyidagi talablar qo`yiladi: har
qanday toklarni ishonchli uzish va ulash; uzish vaqtining kichikligi; tez ishlovchi avtomatik qayta ulash
APV (avtomaticheskoe povtornoe vklyuchenie) tizimida ishlashni ta’minlay olishi; ishlash puxtaligi; atrof
muhit uchun xavfsizlik; harakat–ishlash tezligi; kichik o`lchamlar va vaznga ega bo`lishi; nazoratining
engilligi va montaj ishlarining soddaligi; foydalanishda shovqin-suron bo`lmasligi; portlash va yong`in
xavfsizligi; 110 kV va undan yuqori kuchlanish uzgichlarini faza bo`yicha boshqarish imkoniyati;
transportda tashish o`ng`ayligi; nisbatan yuqori bo`lmagan narxi.
O`rnatilish joyiga ko`ra uzgichlar ichkariga va tashqariga o`rnatiladigan va komplekt taqsimlash
qurilmalari uchun ishlab chiqariladi.
Hozirda mavjud bo`lgan uzgichlar bu talablarga to`la yoki chala javob beradilar. Bu sohada ilmiy-
texnologik va loyiha ishlari olib borish davom etmoqda.