Tayoqcha osma izolyator
.
Tuzilishi: ko`rinishi-cho`zinchoq, sirti-qovurg`ali shakldagi farfor
tayoqchaning ikki uchiga metall do`ppi biriktirilgan (71
a
-rasm). Polimer va uzinasiga shisha tola bilan
pishiqlashtirilgan epoksid kompaundidan yasalgan izolyator ham keng qo`llaniladi. Jumladan, shisha tolali-
epoksid materialidan yasalgan tayoqcha osma izolyatorlardan havo elektr uzatish yo`llarining faza simlari
orasidagi hamda ko`p simlik fazalardagi simlar orasidagi havo masofasini o`zgarmasligini ta’minlashda
foydalanilmoqda. Osma tayoqchasimon izolyatorlar havo elektr uzatish yo`llari simini osib qo`yishda kam
qo`llaniladi, chunki izolyator sinsa, sim yerga tushib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |