358
22.3. O„zbekiston Respublikasi qonun va qarorlarida turistlar
hayoti xavfsizligini ta‟minlash
Turizm sohasida ta‘lim olayotgan barcha talabalar va mu-
taxassislar O‗zbekiston Respublikasining «Turizm to‗g‗risida» gi
Qonun moddalarini yaxshi o‗zlashtirishi
va mukammal bilishi
o‗rinli bo‗ladi.
Ushbu qonunning
18-moddasi: «Turistlarning xavfsizligi
kafolati».
O‗zbekiston Respublikasi hududida turistlarning
xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Turizm sohasidagi
vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan
birgalikda turistlarning himoya qilinishini
hamda xavfsizligini
ta‘minlash dasturini ishlab chiqadi va uning bajarilishini tashkil
etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari
turizm sohasida barcha
turistik yo‗nalishlar bo‗yicha turistlarning himoya qilinishini va
xavfsizligini ta‘minlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadilar va
ularning bajarilishini tashkil etadilar. Turistik
faoliyat subyektlari
turistlarning xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha ular jarohatlanganda,
kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy va o‗zga
xil yordam
ko‗rsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: