O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

 
 
22.2. Xalqaro turizmda turistlarning hayoti xavfsizligini 
ta‟minlashning xalqaro huquqiy va me‟yoriy hujjatlari 
 
Insonning hayoti xavfsizligini ta‘minlash hamma vaqtda ham 
avvalo insonning o‗z hayotini muhofaza qilish, sog‗lig‗ini saqlash, 
yashash istagi hissiyotlaridan kelib chiqadi. O‗z hayoti xavfsiz-
ligining ertasini o‗ylamaydigan, hozirgi zamonamizdan juda ko‗p 
yillar ilgari xavfli sharoitlarda tavakkaliga sayohatga chiqgan jasur 
kishilar (Skott, Magellan, Maklay, Livingston, Dikson, Nikitin, 
22.1.1-jadvalning davomi


355 
Bering, Dejnyov, Perjevalskiy, Polo, Batuta, Lazerev, Kruznshtern, 
Kolumb, Vamberi va boshqalar) buyuk geografik tadqiqotchi 
sayyohlar bo‗lishgan, lekin vaqt o‗tishi bilan insonning yashashga 
bo‗lgan hissiyotlari ham o‗zgardi. Bunday hissiyotlar zamirida 
albatta qo‗rqish hissi hukmron, ikkilanish hissi kuchliroq bo‗lganligi 
hisoblanadi. Bir mamlakatdan o‗zga mamlakatlarga sayohat 
qilmoqchi bo‗lgan turist albatta, bu mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy 
vaziyat bilan qiziqadi, axborotlarni to‗playdi va ko‗nglida xavotir 
yo‗qligidan aniq bir qarorga keladi.
Turizmning xalqaro miqyosda rivojlanib borayotganligining 
sabablaridan biri, xalqaro nizolarning pasayishi, qurollanishning 
susayganligi natijasida jahon xalqlarining biri-biriga qiziqishi
ko‗rishishga, muloqot qilishga, xalqlarning tarixiy-ma‘naviy mada-
niyatiga, xalqlar yashayotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi, intilishi 
hisoblanadi.
Turizmdagi xalqaro huquq-me‘yorlarni qabul qilgan mam-
lakatlarda turistlar ana shu huquq-me‘yorlarga ishonib, suyanib, 
erkin harakat qilishadi. Shu bilan birga, turizm rivojlanishida turistik 
oqimlarning muayyan davlatda yoki davlatlarda ko‗payishi 
turizmdagi xalqaro tashkilotlarning faoliyatiga ham bog‗liq bo‗ladi. 
Har bir davlatda, shuningdek, xalqaro miqyosda turizmni tashkil 
etishning eng muhim elementlaridan biri – turistlarning sog‗lig‗i va 
hayoti xavfsizligining ta‘minlanishi hisoblanadi. Turistlarning 
hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish kafolati xalqaro 
miqyosda va davlatlar hududlarida harakatlanish xavfsizligidagi 
juda ko‗p majmuali tadbirlarning qonun himoyasida ta‘minlanishni 
talab qiladi. 
Turizmning xalqaro xavfsizligidagi xalqaro tajribalarni 
Butunjahon turistik tashkiloti (BTT) tadqiq qiladi va tadqiqot 
natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni xalqaro turizm 
to‗g‗risidagi qonun va huquqiy-me‘yoriy hujjatlar qabul qilgan 
davlatlarga ko‗rsatma – yo‗llanma sifatida taqdim qilib kelmoqda. 
Sayohatlarning xavfsizligini ta‘minlash haqidagi turizm 
Xartiyasi 1985-yil BTT dagi Bosh Assambleya ning VI – 
sessiyasida qabul qilingan edi. Xartiya tarkibi 9 ta modda va turist 
kodeksidan iborat. Xartiyaning 4-moddasida turistlarning sog‗ligi va 
hayoti xavfsizligini ta‘minlashda, ularning buyumlarini saqlanishi, 


356 
har bir davlat hududlarida erkin harakat qilishida quyidagi talablar 
bajarilishi dunyodagi barcha davlatlarga tavsiya qilingan: 

turistlarga imkoniyatlarning yaratilishi, o‗z davlatida va 
chet ellik turistlar uchun sayohatlar davrida BMT, BTT, Xalqaro 
fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro 
bojxona hamkorligi Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlarning 
turizm to‗g‗risidagi, xalqaro turizm to‗g‗risidagi «Holatlar», 
«Dasturlar», «Huquq-me‘yorlar» bilan tanishish, ularni o‗rganish, 
foydalanish sharoitlarini yaratishlari

turistlarning bilimi va madaniyati o‗sishiga hamkorlik 
qilishi va yetib kelgan davlatlarning mahalliy aholisi bilan bo‗lgan 
muloqotlarda, aloqalarda o‗zaro tushunish, o‗zaro do‗stona 
muhitlarining yaratilishi; 

turistlarning hayoti xavfsizligini ta‘minlash va buyumla-
rining saqlanish chora-tadbirlarini xalqaro qonunlarga mos holda 
ishlab chiqishi; 

gigiyena va sog‗liqni saqlash xizmatlariga murojaat qilish, 
yordam olishning barcha shart-sharoitlarini yaratishi, yuqumli 
kasalliklar va baxtsiz hodisalardan saqlanish haqida ogohlantirish; 

turizmda buzg‗unchilik maqsadlaridagi qilingan har qanday 
xatti-harakatlarning oldini olish; 

turistlar va mahalliy aholini giyohvandlik moddalaridan 
noqonuniy foydalanish manbalaridan himoya qilish tizimlarini 
ishlab chiqish. 
Turizm bo‗yicha Gaaga deklaratsiyasi 10 ta tamoyilni qabul 
qildi va uni barcha mamlakatlarga tarqatdi. Deklaratsiya jahonda 
turizmning rivojlanishida turizm xavfsizligi xalqaro miqyosda va 
milliy davlatlar miqyosida ta‘minlanishi shartligini ta‘kidladi. Bun-
ga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya qilindi:

turistlarning hayoti xavfsizligini ta‘minlash me‘yorlarini 
ishlab chiqish va turizmda joriy qilish; 

jamoatchilikka aniq axborotlarni yetkazish va tarqatish; 

turistlarning xavfsizligini o‗rganuvchi va ta‘minlovchi, 
ayniqsa, ekstremal vaziyatlarda xavfsizlikni ta‘minlashni tadqiq 
qiluvchi institutsional markazlar tashkil qilish; 


357 

turistlarning xavfsizligini ta‘minlashda xalqaro, qit‘alararo 
hamkorlikni tashkil qilish va harakatlantirish

turistlarni hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va xavf-
sizligini himoya qilish turizm rivojlanishining ajralmas qismidir.

turistlarni himoya qilish, hayoti xavfsizligini ta‘minlashdagi 
huquqiy me‘yorlarni ishlab chiqish, xavfga qarshi chora-tadbirlar 
tizimini yaratishda har bir davlatlarning BTT bilan o‗zaro hamkorlik 
qilishini ta‘minlash. 
Gaaga deklaratsiyasida qabul qilingan yana bir muhim hujjat 
shundan iborat bo‗ldiki, terrorizm turizm va turistik harakat-
lanishning rivojiga real xavf, deb tan olindi. Jahondagi davlatlarning 
terroristlarga har xil siyosiy sabablarni ro‗kach qilib, boshpana 
berish hollari jahon miqyosida qoralanishi e‘tirof etildi. 
Xalqaro turizm xavfsizligi va turistlarning hayoti xavfsizligini 
ta‘minlashda BTT ning 2001-yil 30-sentabr – 1-oktabrda Yaponi-
yada (Osaka deklaratsiyasi) o‗tkazilgan konferensiyasi, MDH 
davlatlarining «Turizm sohasida hamkorlik» – Ashxobod 23-dekabr 
1993-yil, 29-oktabr 1994-yil, 4-noyabr 1994-yil Osaka deklara-
tsiyasi, «Turistik faoliyatni tashkil qilish Yevropa Kengashi», 2-no-
yabr 1981-yil Nepaldagi «Xalqaro mehmonxona qoidalari assotsia-
tsiyasi» muhim qarorlar qabul qildi, tavsiyalar ishlab chiqib, dunyo 
mamlakatlariga tarqatdi. 
Turizm mamlakatlarining 21% ida maxsus turizm politsiyasi 
tashkil qilingan bo‗lib, bu politsiya faqat turizm faoliyati bilan 
shug‗ullanadi. Turizm politsiyasi zimmasiga turistlarni, turizm 
resurslarini va atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikka qarshi 
kurashish, mahalliy etnik guruhlarni himoya qilish vazifalari ham 
yuklatilgan.
Xalqaro turizm amaliyotidan ma‘lum bo‗ladiki, ko‗pgina 
davlatlarning turizm boshqaruvi turistlarning dunyo davlatlariga, 
mintaqalariga borishi yoki bormasliklari, xavfsizlikning holati, 
darajalari, ushbu davlatlarda turizm siyosati va himoya haqida aniq 
tavsiyalar ishlab chiqadi va o‗z ommaviy axborot vositalarida 
muntazam ravishda tavsiyalar berib boradi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish