14.2.2 – rasm.
Muhofaza etiladigan hududlarning turlari.
Davlat qo„riqxonalari
– o‗simlik va hayvonot dunyosini muho-
faza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab
qolish, sonini ko‗paytirishda muhim o‗rin tutadi. Hozirgi vaqtda
Chotqol tog‗-o‗rmon, Payg‗ambarorol, Qizilqum, Bodayto‗qay,
Nurota, Zarafshon, Hisor, Varganzi, Ko‗hitangtog‗, Kitob davlat
qo‗riqxonalari mavjud.
Davlat milliy tabiat bog„lari –
«Alohida muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar to‗g‗risida‖gi Qonunning 15-moddasiga ko‗ra,
davlat milliy tabiat bog‗lari tabiatni muhofaza qilish muassasasi
bo‗lib, ularning hududlari (akvatoriylari) alohida ekologik, tarixiy
va estetik qimmatga ega bo‗lgan hamda tabiatni muhofaza qilish,
rekreatsiya, ma‘rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga
mo‗ljallangan tabiiy majmuilarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |