14.1. Ekologik turizmning maqsadi va vazifalari
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar
orasida katta ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlariga ega
bo‗lgan va bu borada raqobatbardoshligi yuqori mamlakatlardan
hisoblanadi. Yuksak tog‗ cho‗qqilarimiz, uch ming yillik insoniyat
tamadduniga guvoh shaharlarimiz, cho‗l va yashil vodiylarimiz,
ming bir dardga shifo zilol suvlarimizning borligi ushbu sohani
rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Ekologik
turizm mamlakatimiz tabiatining xilma-xil va boy turistik-rekrea-
tsiya resurslari salohiyati imkoniyatlaridan samarali foydalanish,
tabiat va madaniyat meroslarini asrash va muhofaza qilish, mahalliy
aholini ish bilan ta‘minlash bo‗yicha tegishli dasturlar ishlab
chiqishni taqozo qilmoqda.
Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlar, shuningdek,
ommaviy axborot vositalarida ekoturizmning o‗rni va ahamiyatini
ochib berishga qaratilgan ko‗plab qarashlar olg‗a surilmoqda.
Xalqaro maqomdagi tashkilot va muassasalarning ma‘lumotiga
ko‗ra, ko‗pgina turizm turlari yiliga o‗rtacha 5 foizga ortib bora-
yotgan bo‗lsa, ekoturizm yiliga o‗rtacha 20-30 foizga ko‗payib
bormoqda. Ko‗pgina mutaxassis va tadqiqotchilarning ilmiy tajriba
va xulosalari shuni ko‗rsatmoqdaki, ekoturizm turizmning yangi va
yosh yo‗nalishi bo‗lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik
yo‗nalishlarga nisbatan 2-3 barobar jadal kechmoqda
46
.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
Singapur Respublikasiga Davlat tashrifi arafasida shu mamlakatning
46
http://kun.uz/news/2017/03/08/o‗zbekistonda-ekoturizmni-rivozlantirish-imkoniyatlari-kandaj
235
markaziy nashrlaridan biri «Today» («Bugun») gazetasi mux-
birining savollariga bergan javoblarida O‗zbekistonda ekologik
turizmning katta salohiyatga ega ekanligini ta‘kidlagan holda, bu
yo‗nalishda olib borilayotgan ishlar haqida quyidagilarni kelti-
radilar: «Go‗zal geografik va tabiiy sharoitlar respublika hududida
ekologik turizmni rivojlantirish uchun g‗oyat qulaydir. Bu borada
mamlakatning tog‗li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihoz-
langan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari
tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo‗nalishi – yirik qo‗riqxonalar
va bog‗lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivoj-
lanmoqda. Turizm infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, yangi meh-
monxonalar, sayyohlik yo‗nalishlari tashkil etildi. Ular xalqaro
sayyohlar uchun keng ko‗lamli xizmatlarni taklif etishga tayyor»
47
.
Darhaqiqat, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo hududidagi
davlatlar orasida katta ekoturistik imkoniyatlarga ega bo‗lgan va bu
borada raqobatbardoshligi yuqori bo‗lgan mamlakatlardan hisob-
lanadi.
Ayni paytda O‗zbekistonda 800 dan ortiq turizm faoliyatini
ko‗rsatuvchi turoperatorlik firmalari, 600 ga yaqin mehmonxonalar,
30 dan ortiq muhofazaga olingan hudud (qo‗riqxona, milliy bog‗,
nodir tabiat yodgorliklari va h.k.)lar, 60 ta o‗rmon xo‗jaliklari
faoliyat ko‗rsatmoqda. Shuningdek, O‗zbekistonda 400 dan ortiq
tabiatning noyob yodgorliklari mavjud
48
.
O‗zbekistonda ekologik turizm rivojlanib borishining yana bir
sababi, turist o‗zi qiziqgan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik
resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‗rida dam ola-
di, tabiat go‗zalligini chuqur his qiladi. Uning resurslarini avaylash
xohish-istagi paydo bo‗ladi. Respublikamizning ekologik turizm
salohiyatini hisobga olganimizda ekologik turizmni rivojlantirish-
ning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari, o‗zining ekologik
tizimlariga ega bo‗lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida
endemik (faqat O‗zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidan
iborat.
Mamlakatimizda faoliyat ko‗rsatayotgan turoperatorlik firmalari
tomonidan Chorvoq, Bildirsoy, Chimyon, Zomin, Haydarko‗l
47
Xalq so‗zi gazetasi, Toshkent, 2007-yil 26 yanvar, №19.
48
http://kun.uz/news/2017/03/08/o‗zbekistonda-ekoturizmni-rivozlantirish-imkoniyatlari-kandaj
236
kabilarga o‗tkazilayotgan ekoturlar, cho‗l hududlarda tuyada sayr
qilish kabi turlar ichki hamda xalqaro turizmni rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega bo‗lmoqda.
Tahlillarga ko‗ra, ekoturizm xizmatlarini ko‗rsatayotgan
turoperatorlik firmalari asosan, Chimyon – Chorvoq rekreatsiya
zonasi doirasida faoliyat ko‗rsatmoqda, xolos. Biroq O‗zbekis-
tonning Hisor, Bobotog‗, Ko‗hitangtog‗ (Surxondaryo), Chaqchar
(Qashqadaryo), Nurota (Navoiy – Jizzax), Zarafshon (Samarqand),
Turkiston (Jizzax), Oloy (Farg‗ona), Qurama, Chotqol (Namangan)
tog‗lari, Qizilqum cho‗lidagi qoldiq tog‗lar, Qizilqum cho‗li, Orol
dengizining qurigan tubi va qoldiq sho‗r ko‗llar, Ustyurt platosi,
Borsa kelmas sho‗rxogi, Mingbuloq botig‗i, Aydarko‗l, Dengizko‗l,
Amudaryo va Sirdaryo sohilidagi to‗qaylar, Muruntov karyeri va
tabiatning noyob yodgorliklari bo‗ylab majmuali va mavzuli
ekoturlar tashkil etish bugungi kunda yechimini kutib turgan
vazifalar qatoriga kiradi.
Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, O‗zbekiston Markaziy
Osiyoning o‗rtasida, ekologik turizmning rivojlanishi uchun qulay
transport, geografik hududlarida joylashgan. Mavzuning dolzarbligi
shundaki, rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industri-
yasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshiril-
moqda. Ekspertlarning ma‘lumotiga qaraganda, ekoturizm sayyoh-
lik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o‗sish sur‘ati esa umumiy
turizm industriyasining o‗sish sur‘atidan 2 – 3 marotaba oshib ketdi.
Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni rivojlantirish
hamda ekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning
uslubiy asoslarini ishlab chiqish zarur bo‗lmoqda.
Ekologik turizmni rivojlantirishning dolzarbligini hisobga olib,
ekologik turizmning mohiyatiga va ekologik turizm resurslariga
baho berish, ekologik turizm resurslariga turistik marshrutlar
tuzishning uslubiy tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish, ekologik
turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini tashkil
qiladi.
Ekoturizm so‗zi XX asrning 80-yillaridan boshlab turizm
industriyasiga kira boshlagan bo‗lsa-da, biroq ekoturizm tushun-
chasiga olimlar tomonidan hozirgacha yagona ta‘rif berilmagan.
«O‗zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasida»
237
ekologik turizmning ta‘riflashda xalqaro tashkilotlarning izohlash-
lari keltirilgan.
Ekoturizm tabiiy turizm bo‗lib, tabiat muhitini hosil qilish va
tushinishni o‗z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |