Zarafshon ekoturistik rayonida
Zarafshon daryosi bo‗ylarida
joylashgan to‗qay landshafti, undagi o‗simlik va hayvonot dunyosini
muhofaza qilish uchun tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‗riqxonasi»
mavjud. Buxoro viloyatining Shofrikon o‗rmon xo‗jaligi hududida
joylashgan qum-cho‗l landshafti, u yerdagi o‗simliklar va hayvonlar
hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar harobalari) davlat
tomonidan qo‗riqlanadi. «Vardanza» qo‗riqxonasi, «To‗dako‗l flora
va faunasini boyitish» buyurtmaxonasi, Qoravulbozor xo‗jaligida
joylashgan «Jayron» ekomarkazi, suv va botqoqqa moslashgan
qushlarni ko‗paytiruvchi «Dengizko‗l» buyurtmaxonasi, Zarafshon
tog‗ tizmalaridagi Omonqo‗ton va Temurlang karst g‗orlari,
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‗ tizmalaridagi ko‗p qavatli «G‗untak»
g‗ori va boshqalar diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |