O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Andijon viloyati: 
Andijon ko‗p asrlik boy tarixga ega. Viloyat 
hududida eramizdan oldingi XII-VII asrlarga oid bo‗lgan ko‗hna 
shaharlar va arxeologik komplekslar mavjud. Shundaylar sirasiga 
Dalvarzin, Eylaton, Mingtepa, Ashqaltepa, Sarvontepa va boshqa-
larni kiritish mumkin.
6.2.2-rasm. Andijon viloyatining turistik resurslari. 
Sayyohlarni, shuningdek, Mirpo‗stin ota, Fozilmon ota, Imom 
ota, «Tuzluq momo», «Uch buloq», ―Mingtepa‖ arxeologik yod-
gorligi, ―Yilqichi Buva» ziyoratgohi, ―Fozilmon ota‖ ziyoratgohi, 
Xo‗ja Abdulloh Tug‗dor, Qutayba ibn Muslim maqbarasi, Alisher 
Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‗i, ―Bibi seshanba‖ 
ziyoratgohi, Otaqo‗zi madrasasi va shunga o‗xshash boshqa 
diqqatga sazovor yodgorliklar o‗ziga jalb etmoqda. Ayni paytda 
Andijon viloyatida sal kam 380 ga yaqin madaniy yodgorliklar 
ro‗yxatga olingan. Bundan tashqari, shifobaxsh manbalar ham 
mavjud va bu ekoturizmni rivojlantirish uchun yo‗l ochishi ham 
ehtimoldan xoli emas. Milliy hunarmandchilik ustalari mahsulotlari 
va an‘analari, boy folklor ham xorijiy sayyohlarni o‗ziga tortadi. 
Ko‗hna Andijonning karvon yo‗lida joylashganligi bu yerda 
savdo-sotiq va hunarmandchilikning jadal rivojlanishiga xizmat 
qildi. Ipak yo‗li orqali bu yerga Sharq va G‗arb sivilizatsiyasining 
 


103 
kirib kelishi, shu hududda yashovchi mahalliy aholining ongi-
shuurini ham o‗zgartirib yubordi. 
Andijonda qadimda va o‗rta asrlarda bunyod etilgan me‘moriy 
yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon shahrida XIX asr 
oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida 
masjid, minora va madrasa bor. Jome masjidi Farg‗ona vodiysida 
eng mahobatli binodir. 
Shahrixonda o‗tgan asrda barpo qilingan bir qancha mahalla 
masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri XIX asr boshida 
qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini farg‗onalik 
ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872-yilda qurilgan Gumbaz madra-
sasi saqlangan. Andijon shahrida XX asr boshida qurilgan ikki 
qavatli Ahmadbek hoji uyi ham milliy me‘morlik namunalaridan 
biri. Paxtaobod shahrida XX asr boshida qurilgan Otaqo‗zi madra-
sasi yodgorligi ham diqqatga sazovor. Uning 5 minorasi bor. 
Shuningdek, sayyohlarning muzeylarga bo‗lgan qiziqishini 
inobatga olgan holda, viloyat o‗lkashunoslik muzeyi, adabiyot va 
san‘at muzeyi, ―Hunarmandchilik‖ nomli hunarmandlar mahallasi, 
Zahiriddin Muhammad Boburning uy-muzeyi ta‘mirlangan holda 
eksponatlarga boyitilmoqda.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish