Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

Struktura belgilariga 
ko`ra oqsillar ikkita yirik guruhga bo`linadi: oddiy 
oqsillar (protein, apoprotein) – gidrolizlanganda faqat aminokislotalarga ajraladi va 
murakkab oqsillar (proteid, goloproteid) – gidrolizlanganda aminokislotalardan 
tashqari oqsil bo`lmagan komponentlar ham bo`ladi, masalan uglevod, yog`, 
nuklein kislota va hokazolar. 
Oqsillar tasodifiy belgilariga asoslanib, ko`pincha ular ajratib olingan manba 
yoki molekulaning eruvchanligi, konfiguratsiyasiga qarab nomlanadi. 
4.2. Oddiy oqsillar va ularning vakillari. 
Oddiy oqsillar eruvchanligiga, 
aminokislota tarkibiga va boshqa ba’zi xususiyatlariga asosan quyidagi guruhlarga 
bo`linadi: gistonlar, protaminlar, albuminlar, globulinlar, prolaminlar, glutelinlar 
va proteinoidlar (skleroproteinlar). 
Gistonlar
(gr. histos – to`qima) – ko`p hujayrali organizmlarning to`qima 
oqsili bo`lib, xromatin DNK si bilan bog`langan. Bu oqsillarning molekula 
og`irligi nisbatan kichik (11000-24000); elektrokimyoviy xususiyatlariga ko`ra 
asos xossalarini kuchli namoyon qiladi, chunki har xil gistonlarning izoelektrik 
nuqtasi 9,5-12,0 atrofida bo`ladi. Gistonlar faqat uchlamchi strukturaga ega. Ular 
5 turga bo`linadi: H
1
, H
2a
, H
2b
, H
3
, H
4
. Bunday guruhlarga bo`lish gistonlarning 
tarkibidagi arginin va lizinning nisbatiga asoslaniladi. Shuningdek, qushlar, 
amfibiyalar va baliqlarning eritrotsitlarida gistonlarning qo`shimcha yana bir turi – 
H
5
ham ajratib olingan. 
Ko`p hujayrali organizmlarning to`qimalarida giston/DNK nisbati 1 atrofida. 
Tabiiy sharoitlarda gistonlar DNK bilan mustahkam bog`langan va nukleoproteid 


32 
tarkibida ajraladi. Giston-DNK bog`i elektrostatik bog` hisoblanadi, chunki 
gistonlar tarkibida diaminokislotalar – arginin va lizin miqdori musbat zaryadi 
katta, DNK zanjiri esa manfiy zaryadga ega. Gistonsimon oqsillar hujayra 
sitoplazmasining ribosomasi tarkibida uchraydi. Bakteriyalarda tipik gistonlar 
uchramaydi, viruslarda esa gistonsimon oqsillar bo`ladi. 
Gistonlarning asosiy vazifasi – struktura va boshqaruv. Ularning struktura 
vazifasi DNKning fazoviy strukturasini va o`z navbatida xromatin va 
xromosomalarning strukturalarini turg`unlashtirishda ishtirok etadi. H
1
gistonidan 
boshqa barcha 4 turdagi gistonlar xromatinning struktura birligi bo`lgan 
nukleosomalarning asosini tashkil etadi; H
1
gistoni esa nukleosomalar orasidagi 
DNK fragmentlarini to`ldirib turadi. Boshqaruv vazifasi genetik axborotni DNK 
dan RNK ga o`tkazilishini blokirovka qilishdan iborat. 
Gistonlarga globin (gemoglobin), bo`qoq bezi gistoni, skombron (skumbriya 
balig`idan olingan) oqsillari kiradi. 
Protaminlar 
– gistonlarning o`ziga xos biologik o`rinbosarlari hisoblanadi, 
lekin ular gistonlardan aminokislotalar tarkibi va strukturasi bilan farq qiladi. Ular 
eng sodda tuzilgan oqsillar bo`lib, molekula og`irligi ham eng past 4000-12000 
gacha bo`ladi. Ammo ularning tarkibida arginin va lizinning miqdori ko`p – 80% 
gacha va undan ham ortiq bo`lganligi sababli kuchli ishqor xossasiga ega. 
Gistonlar singari protaminlar ham – polikation oqsillar bo`lib, ular spermaning 
xromatinida DNK bilan bog`lanadi. Protaminlar ko`proq baliqlarning urug`idagi 
nukleoprotamin tarkibida bo`ladi. Bunday protaminlar olingan manbasiga ko`ra 
quyidagicha nomlangan: salmin – lososning, truttin – forelning, skumbrin – 
skumbriyaning, klupein – seldning urug`idan olingan. 
Protaminlar ham gistonlar kabi spermatozoidlarning DNK sida struktura 
vazifasini bajaradi. 
Prolaminlar 
– o`simlik oqsillari guruhi bo`lib, donli o`simliklarning 
urug`ida mavjud bo`ladi. Prolaminlar uchun suvda, tuzli eritmalarda, mutlaq 
spirtda, kislotalar va ishqorlarda erimaslik asosiy xususiyat hisoblanadi. Ular 70
°
li
etanol bilan ekstraktsiya qilinadi. Bunday muhitda erish xossasi ularning tarkibida 
qutbsiz aminokislotalar va prolin bo`lishiga bog`liq. Prolaminlarning nomi ham 
ajratib olingan manbalarga asoslangan. Gliadin – bug`doy va javdardan, gordein – 
arpadan, avenin – sulidan, zein – makkajo`xori donidan olingan.
Glutelinlar 
ham o`simlik oqsillari bo`lib, neytral erituvchilarda – suv, tuzli 
eritmalar va etanolda erimaydi, ammo kuchsiz eritmalar – suyultirilgan kislota va 
ishqorlarda eriydi. Ularning bunday erituvchilarda erishi tarkibida prolaminlarga 
nisbatan argininning miqdori ko`proq prolinning miqdori kamroq bo`lishiga 
bog`liq. Glutelinlar donlar – bug`doy, arpa tarkibida uchraydi. Guruchdan olingan 
orizenin, bug`doydan olingan glutenin shu guruh oqsillariga kiradi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish