4-ma’ruza mavzusi: Oqsillarning tasnifi, nomlanishi va vazifalari.
Reja:
4.1. Oqsillarning tasnifi va nomlanishi.
4.2. Oddiy oqsillar va ularning vakillari.
4.3. Oqsillarning biologik vazifalari.
4.1. Oqsillarning tasnifi va nomlanishi.
Turli o`simliklar, hayvonlar va
mikrob hujayralaridan, hujayra komponentlaridan, to`qimalar ekstraktlaridan
xilma-xil oqsil preparatlari ajratib olingan. Organizmning turli a’zo va
to`qimalarida o`ziga xos oqsillar uchraydi. Har xil turga mansub o`simlik va
hayvonlarning oqsillari ham bir-biridan farq qiladi, umuman oqsillarning turga
xosligi tabiat qonunidir. Olimlar ularni ayrim guruhlarga bo`lish ustida ko`pdan ish
olib borsalar ham haligacha qoniqarli tasnif topilgani yo`q. Buning sababi ularning
bir xil elementlardan tuzilganliklari, shuningdek xilma-xil struktura variantlari va
funktsional xususiyatlaridir. Shunga asosan oqsillar fizik-kimyoviy, funktsional va
struktura belgilari bo`yicha tasniflashga harakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |