32
tarkibida ajraladi. Giston-DNK bog`i elektrostatik bog` hisoblanadi, chunki
gistonlar tarkibida diaminokislotalar – arginin va lizin miqdori musbat zaryadi
katta, DNK zanjiri esa manfiy zaryadga ega. Gistonsimon
oqsillar hujayra
sitoplazmasining ribosomasi tarkibida uchraydi. Bakteriyalarda tipik gistonlar
uchramaydi, viruslarda esa gistonsimon oqsillar bo`ladi.
Gistonlarning asosiy vazifasi – struktura va boshqaruv. Ularning struktura
vazifasi DNKning fazoviy strukturasini va o`z navbatida xromatin va
xromosomalarning strukturalarini turg`unlashtirishda ishtirok etadi. H
1
gistonidan
boshqa barcha 4 turdagi gistonlar xromatinning struktura birligi bo`lgan
nukleosomalarning asosini tashkil etadi; H
1
gistoni esa nukleosomalar orasidagi
DNK fragmentlarini to`ldirib turadi. Boshqaruv vazifasi
genetik axborotni DNK
dan RNK ga o`tkazilishini blokirovka qilishdan iborat.
Gistonlarga globin (gemoglobin), bo`qoq bezi gistoni, skombron (skumbriya
balig`idan olingan) oqsillari kiradi.
Protaminlar
– gistonlarning o`ziga xos biologik o`rinbosarlari hisoblanadi,
lekin ular gistonlardan aminokislotalar tarkibi va strukturasi bilan farq qiladi. Ular
eng sodda tuzilgan oqsillar bo`lib, molekula og`irligi ham eng past 4000-12000
gacha bo`ladi. Ammo ularning tarkibida arginin va lizinning miqdori ko`p – 80%
gacha va undan ham ortiq bo`lganligi sababli kuchli ishqor xossasiga ega.
Gistonlar singari protaminlar ham – polikation oqsillar bo`lib, ular spermaning
xromatinida DNK bilan bog`lanadi. Protaminlar ko`proq baliqlarning urug`idagi
nukleoprotamin tarkibida bo`ladi. Bunday protaminlar olingan manbasiga ko`ra
quyidagicha nomlangan: salmin – lososning, truttin – forelning, skumbrin –
skumbriyaning, klupein – seldning urug`idan olingan.
Protaminlar ham gistonlar kabi spermatozoidlarning
DNK sida struktura
vazifasini bajaradi.
Prolaminlar
– o`simlik oqsillari guruhi bo`lib, donli o`simliklarning
urug`ida mavjud bo`ladi. Prolaminlar uchun suvda, tuzli eritmalarda, mutlaq
spirtda, kislotalar va ishqorlarda erimaslik asosiy xususiyat hisoblanadi. Ular 70
°
li
etanol bilan ekstraktsiya qilinadi. Bunday muhitda erish xossasi ularning tarkibida
qutbsiz aminokislotalar va prolin bo`lishiga bog`liq.
Prolaminlarning nomi ham
ajratib olingan manbalarga asoslangan. Gliadin – bug`doy va javdardan, gordein –
arpadan, avenin – sulidan, zein – makkajo`xori donidan olingan.
Glutelinlar
ham o`simlik oqsillari bo`lib, neytral erituvchilarda – suv, tuzli
eritmalar va etanolda erimaydi, ammo kuchsiz eritmalar – suyultirilgan kislota va
ishqorlarda eriydi. Ularning bunday erituvchilarda erishi tarkibida prolaminlarga
nisbatan argininning miqdori ko`proq prolinning miqdori kamroq bo`lishiga
bog`liq. Glutelinlar donlar – bug`doy, arpa tarkibida uchraydi. Guruchdan olingan
orizenin, bug`doydan olingan glutenin shu guruh oqsillariga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: