+
KoASH
Atsetil-KoA ning metil guruhidagi uglerod oksaloatsetat uglerodi atomi
bilan o`zaro ta’sirlashadi. Sitril-KoA oraliq mahsulot sifatida hosil bo`ladi va erkin
sitrat hosil qilgan holda gidrolizlanadi. Tioefir bog`i energiyasiga boy bo`lgan
gidroliz reaktsiya tenglamasini sitrat tomonga siljitadi va reaktsiyani fiziologik
sharoitda qaytmas bo`lishiga olib keladi. Sitril-KoA gidrolizi borishida
energiyaning yo`qotilishi atsetil fragmentining Krebs sikliga kirishi va sitrat hosil
qilishini ta’minlaydi.
2. Krebs siklining ikkinchi fermenti – akonitatgidrataza uchta trikarbon
kislotalar – sitrat, sis-akonitat va izositratning qaytar reaktsiyalarini katalizlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |