Sensor tizimlarning o’zaro aloqasi.
Sensor tizimlarning o’zaro aloqasi spinal, retikulyar,
talamik va po’stloq darajasida yuzaga chiqadi. Ayniqsa signallar integrastiyasi retikulyar
formastiyada ro’y beradi. Bosh miya po’stlog’ida oliy tartibli signallar integrastiyasi amalga
oshiriladi. Po’stloq neyronlarini ko’plab nospestifik va sensor tizimlar bilan bo’lgan aloqasi
har xil kombinastiyalangan signallarga javob bera olish imkonini tug’diradi. Ayniqsa bu
xususiyat miya katta yarim sharlari assostiativ bo’limidagi nerv hujayralarida yaqqol
namoyon bo’ladi. Ular yuqori plastiklik xossasiga ega bo’lib, bu narsa doimo yangi obrazlarni
tanishida yordam beradi.
Bosh miya po’stlog’idagi sensoraro (kross-modal) o’zaro aloqa «dunyo karta»-sining
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Analitik qism.
Logik masalalar:
1.
Bemorda til asabining ikki tomonlama jaroxatlanishi aniqlangan. Bunda qanday
buzilishshlar sodir bo’ladi va nimaga?
2.
Bemor nevropotologga chap qo’lida va chap kuragida vaqt – vaqti bilan qattiq og’riq
paydo bo’lishi bilan murojat qildi. Sinchiklab tekshirishdan keyin nevropotolog kardiologga
murojat qilishni tavsiya qildi. Nima uchun?
3.
Qo’l panjasini orqa tomondagi terisiga kuchsiz ukol qilinganda tekshiriluvchi ko’p
xollarda tegishni xis qilgan, kam xollarda og’riq sezilgan. Xuddi shu soxani intensiv ukollarda
esa u faqat og’riq sezgan. Bu hodisaga izoh bering.
4.
Xonaga kirgan kishi keskin gul hidini sezdi. Bir qancha vaqt o’tgach, sezgi yo’qoldi.
Nega bu xonada uzoq bo’lgan odamlar bu xidni sezmay qoldilar?
Situastion masalalar:
1.Temperaturasi 20
0
li suvga ikkala qo’lni solgan odamga suv qanday tuyuladi? Agar u
bundan oldin bir qo’lini 40
0
temperaturali ikkinchi qo’lini 10
0
temperaturali suvga solib
turgan bo’lsa. Bunda xosil bo’lgan sezgini nima bilan tushuntirish mumkin?
Javob:
Birinchi xolda suv iliq bo’lib tuyuladi, ikkinchisida – sovuq. Kontrast xar xil
temperaturadlarga oldidan adaptastiyasi bilan bog’liq.
218
2.Kasalga ikki tomonlama til nervi shikastlangan deb diagnoz qo’yilgan. Bunda qanday
buzilishlar sodir bo’ladi va nimaga?
Javob:
Til nervi jaroxatlanishida odam shirin, nordon, sho’rni sizish xususiyatlarini yuqotadi,
chunki bu nerv tilning uchini, tanasini, yon yuzalarini innervastiya qiladi, u erda kerakli
resteptorlar joylashgan. Achchiqni sezish xususiyat saqlanadi, uni sezuvchi resteptorlari til-
xalqum nerviga bog’liq, achchiqni sezuvchi resteptorlar til ildizida joylashgan.
3.Kasal chap qo’l va chap kuragida xosil bo’layotgan kuchli og’riqlar to’g’risida
nevropatologga murojat qildi. Chuqur tekshirishlardan so’ng nevropatolog kardiologga
murojat qilishini ta’vsiya qildi. Nega?
Javob:
Sabab koronar arteriyalar spazmida. Talamusning reley yadrolarida ichki organlar va
terining ma’lum qisimlaridagi resteptorlar proekstion zonalarining yopilishi sodir bo’ladi.
Shuning uchun ichki a’zolar resteptorlarning ta’sirlanishi teridagi ma’lum qismlarida og’riq
chaqiradi. Bu Zaxarin – Ged zonalari deyiladi. Yurak uchun bunday zona chap qo’l va kurak
soxalaridagi teri xisoblanadi
4.Qo’l panjasini orqa tomonidagi terisiga kuchsiz ukol qilinganda tekshiriluvchi qo’p xollarda
tegishni xis qilgan, kam xollarda og’riq sezilgan. Xuddi shu soxani intensiv ukollarda esa, u
faqat og’riq sezgan. Bu xoddisaga izox bering.
Javob:
Og’riqning spestifik resteptorlari – erkin nerv ohirlaridir. Intensiv tasirlashda faqat bu
resteptorlar ta’sirlanmasdan balki taktil resteptorlar xam ta’sirlanadi, bino- barin bu
resteptorlar uchun bunday ta’sirot noadekvat xisoblanadi. Bu taktil resteptorlar uchun tegib
ketish yoki kam kuchdagi bosim kabilar adekvat xisoblanadi.
5.Xonaga kirgan kishi keskin gul xidini sezdi. Bir qancha vaqt o’tkach, sezgi yo’qoldi. Nega
bu xonada uzoq bo’lgan odamlar bu xidni sezmay qoldilar.
Javob:
Xonaga kirgan odam gul xidini sezdi, keyinchalik xid bilish analizatori adaptastiyasi
tufayli xidni sezmay qoldi. Buning asosida xid bilish piyozchasining xujaylariga xos
membrananing elektrik xususiyating o’zgarishi yotadi – depolyarizastiyaning kritik
xusuyatining sekin-asta ko’tarilishi, buning natijasida uzoq davom etayotgan ta’sirot
ta’sirlanishni chaqirishi pasayadi.
AMALIY QISM
AMALIY ISHLAR:
1.
Veber – Fexner qonuni
2.
Esteziometriya
3.
Termoestoziometriya
Uslubiy tavsiyanomalar:
Resteptorlarning umumiy xossalariga ta’luqli: resteptor potenstiali, asab sistemasida
informastiyani kodlanishi, resteptorlar adaptastiyasi haqidagi nazariy materiallarni muxokama
qiling. Og’riq, teri, ta’m, hid analizatorlarining strukturasi xaqida aniq tasavvur tuzing. 1 – chi
ishda yuklarning teri bilan tegib turish yuzalari bir xil bo’lishi kerak, ularni kaftga sekin
qo’yish kerak, tekshiriluvchi yuklarni ko’rmasligi kerak. Ikkinchi ishda Veber stirkulining
ikki oyoqchasini bir vaqtda bir xil kuch bilan tekizish kerak. Terining xar xil soxasida sezgi
bo’sag’asini aniqlang.
3 – ishda termoesteziometriyani zigzagsimon chiziq bo’ylab tekizing, kvadratning chap
yuqori burchagidan pastki o’ng tomoniga qarab. (50 ta tekizish)
TMI. Analizatorlar fiziologiyasi.
Tish protezlariga adaptastiyalanishda og’iz bo’shlig’i shilliq qavati resteptorlarining roli.
Ta’m va vissteral analizatorlarining o’zaro aloqasi.
Mavzu bo’yicha organayzerlarni bajarish.
TMI mavzusi bo’yicha Internet materiallari animastiyalar bilan.
BILIMLAR, KO’NIKMALAR VA QILA BILMOQNI
NAZORAT TURLARI
- og’zaki
219
- logik masalalarini echish
- ishlarni bajarilishini nazorati
- TMI ni bajarilishi
- bayonnomalarni tekshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |