Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Signallarni detektorlash. 
Hozirgi zamon aloqa tizimlari axborotlar ma’lum manzilga 
uzatilishidan avval kodga solinadi, manzilga etganida esa koddan chiqariladi. Masalan, 
telefon go’shagidagi mikrofonga aytilgan gap kodlanib elektr impulslarga aylanadi, simning 
narigi uchida impulslar dekodlanib, asli holiga–tovush to’lqinlaridan iborat nutqqa aylantiradi. 
Sensor tizimlarda dekodlash, masalan, tovush resteptorlardan impuls shaklida markazga etib 
kelganda yana tovushga aylanmaydi. Bu tizimlarda detektorlanish sodir bo’ladi, ya’ni 
ta’sirlovchining ayrim belgilari tahlil qilinadi va ularning biologik ahamiyati baholanadi. Bu 
taxlilni maxsus ixtisoslashgan detektor neyronlar bajaradi. 
Obrazni tanish. 
Bu sensor tizimning oxirgi va o’ta murakkab operastiyasidir. Bu jarayon 
obrazning sinflanishi bilan davom etib, uni oldin uchratgan va tanish bulgan ob’ektlarning 
qaysi biriga mansubligini aniqlashdan iboratdir. Sensor tizimning oliy bo’limi, neyron-
detektorlardan qabul qilingan ta’sirlardan «obraz» ni yaratadi va xotirada saqlanayotgan 
boshqa obrazlar bilan solishtiradi.
Obrazni tanish, organizmning qaysi ob’ekt yoki vaziyat bilan uchrashgani to’g’risida xulosa 
qilish bilan tugaydi, ya’ni oldimizda kim yoki nima turganini, kimning ovozini 
eshitayotganimizni, qanday hid yoki ta’m sezayotganimizni idrok etish imkoniyatini yaratib 
beradi. 
Obrazni tanish signalning o’zgarishiga bog’lik bo’lmagan holda ro’y beradi. Masalan, ko’ruv 
maydonida predmetni qanday yoritilganligi, rangi, o’lchami, joylashuvi turlicha bo’lishiga 
qaramasdan ishonchli tarzda obrazni taniy olamiz. 
Sensor tizimda axborotlarni qayta ishlash mexanizmlari. 
Sensor tizimda axborotlarni qayta 
ishlanishida qo’zg’atuvchi va tormozlovchi neyronlar orasidagi o’zaro bog’lanish jarayonlari 
yotadi. Qo’zg’atuvchi o’zaro bog’lanish jarayoni negizida shu narsa yotadiki, markazga 
intiluvchi har bir akson yuqorida joylashgan sensor tizimni bir necha neyronlari bilan aloqa 
hosil qiladi, bularning har biri oldingi qavatdagi hujayralardan bir nechtasidan signal oladi. 
Bir neyronga signallarni olib keluvchi resteptorlar majmuasiga 
resteptor maydoni
deb ataladi.
Resteptiv maydon qo’shni neyronlar tomonidan qisman berkiladi. Sensor tizimdagi bunday 
bog’lanish nerv turi degan tuzilmani hosil qiladi. Bunday tur yordamida sensor tizimni 
kuchsiz signallarga ham sezuvchanligi ortadi, bundan tashqari o’zgaruvchan tashqi muhitga 
moslashuvini ta’minlaydi. 
Sensor tizim tormozlovchi axborotlarni qayta ishlashida odatda, har bir qo’zg’atuvchi sensor 
neyron tormozlovchi interneyronni faollashtiradi. Interneyron o’z navbatida eng qo’zg’algan 
elementning impulsastiyasini bo’g’ib qo’yadi (ketma - ket yoki qaytar tormozlanish) yoki shu 
qavatdagi qo’shnisini tormozlaydi (yon yoki lateral tormozlanish). Bu tormozlanishning kuchi 
qanchalik katta bo’lsa,unga yaqin qo’shni hujayralarga nisbatanshunchalik birinchi element 
qo’zg’alganligi yuqori bo’ladi. 


217 
Sensor tizimning moslashishi (adaptastiyasi). 
Sensor tizim organizm extiyojiga hamda tashqi 
muhit sharoiti o’zgarishiga qarab o’zining hususiyatlarini o’zgartira oladi. 
Sensor adaptastiya
- bu sensor tizimning umumiy xossasi bo’lib, uzoq vaqt mobaynida berilgan ta’sirotlarga 
moslashishi tushuniladi. Adaptastiya-sensor tizimni absolyut sezuvchanligining kamayishi va 
differenstial sezuvchanligining ortishi bilan namoyon bo’ladi. Sub’ektiv olib qaralganda, 
doimiy berilayotgan ta’sirotga moslashishi yotadi (masalan, odatiy kiyimlarni teriga 
berayotgan doimiy bosimini sezmaymiz). 
Moslanish jarayonlari resteptorlardan boshlanib, asta-sekin sensor tizimning barcha 
neyronlarini qamrab oladi. Vestibulo- va propreoresteptorlarda moslashish jarayoni juda 
kuchsiz namoyon bo’ladi. 
Ushbu jarayonning rivojlanish tezligiga ko’ra barcha resteptorlar tez va sekin moslashuvchi 
resteptorlarga bo’linadi. Tez moslashuvchi resteptorlarda moslashish yuz bergandan so’ng 
ta’sirlovchi to’g’risidagi axborotlarni bosh miyaga umuman jo’natmaydi, sekin moslashuvchi 
resteptorlardan esa axborot kuchsizlangan ko’rinishda uzatilib turiladi. 
Doimiy ta’sirlovchi ta’siri tugashi bilanoq sensor tizimning absolyut sezuvchanligi qayta 
tiklanadi. 
Sensor moslashishda sensor tizimning afferent idorasi muhim ahamiyat kasb etadi. Efferent 
idora etish yuqori bo’limlarni past bo’limlarga ta’sir etishi bilan namoyon bo’ladi. Sensor 
tizim xolati retikulyar formastiya tomonidan ham nazorat qilinadi. Sensor tizimda efferent 
ta’sirlar asosan tormozlovchi harakterga ega bo’lib, bu o’z navbatida ularning 
sezuvchanligini kamayishiga olib keladi, hamda afferent signallar oqimini ham kamaytiradi. 
Resteptorlarga yoki sensor tizimning biror qavatiga keluvchi efferent neyronlarning umumiy 
soni odatda, shu qavatga kelayotgan afferent neyronlarning umumiy sonidan ko’p marotaba 
ozdir. Bu sensor tizim afferent nazorat bilan ta’minlangani holda uning tarqoq va keng 
tarmoqli harakterini ham ko’rsatib beradi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish