Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Signallarni bir-biridan ajratish. 
Sensor tizimning o’ziga xos hususiyati shundan iboratki, bir 
vaqtda yoki ketma-ket berilayotgan turli ta’sirotlarni bir-biridan ajrata oladi. Signallarni bir-
biridan ajratish resteptorlardan boshlanadi va bu jarayonda sensor tizimning barcha neyronlari 
ishtirok etadi. Ta’sirotning o’sishi sezilarli darajada bo’lishi uchun u ilgarigi ta’sirotdan 
muayyan qismgacha ortiqroq bo’lishi kerak degan qonunni 1834 yilda E.Veber ta’riflab berdi. 
Veber o’z tajribalarida qo’l terisiga muayyan vaznli yuk qo’ydi. Ilgari ta’sir etgan yukning 
vaznidan muayyan miqdorda ortiq bo’lgan qo’shimcha yuk qo’yilgandagina bosim sezgisi 
kuchayadi. Masalan, odam qo’l terisini 100 g vaznli qadoq tosh bosib tursa, shu bosim 
sezgisini kuchaytirish uchun 3 g vaznli qadoq tosh qo’shish kerak. Terini 200 g vaznli qadoq 
tosh bosayotgan bo’lsa, bosim oshganligining minimal sezgisi kelib chiqishi uchun 6 g vaznli 
qadoq tosh qo’shish kerak, teriga 600 g vaznli qadoq tosh ta’sir etayotgan bo’lsa, 18 g yuk 
qo’shiladi. Veber aniqlagan bog’lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: 
∆ J 
------=K
J
bu erda J–ta’sirot, ∆ J–ta’sirotning o’sishi K–doimiy miqdor. 
G.Fexren sezgi ta’sirot kuchiga bog’liq ekanligini qo’shimcha tekshirib va olingan 
ma’lumotlarni matematik tahlil qilib, Veber qonunini bir oz boshqacharoq ifodalaydigan 
ushbu formulani chiqardi: 
E=α ∙ log J + b 
bu erda E-sezgi miqdori, J-ta’sirot miqdori, a va b doimiy miqdorlar. Shunday qilib, Fexner 
formulasiga muvofiq, sezgi ta’sirot kuchining logarifmiga proporstional ravishda olib boradi. 
Signallarni o’tkazish va o’zgartirish. 
Sensor tizimda signallarni o’zgartirish va o’tkazish 
jarayonlari bosh miyani oliy bo’limlariga shunday muhim axborotni olib boradiki, u erda tez 
va aniq axborotningtahlili amalga oshadi. Signallarni o’zgartirish shartli ravishda ikki turga 
bo’linadi: fazoviy va vaqtga nisbatan. Fazoviy o’zgartirishlar ichida signallarning turli 
qismlarini bir biriga nisbatan o’zgarishi muhim o’rin tutadi. Ko’ruv va somatosensor tizimni 
po’stloq bo’limida, signallarning miqyosi yoki nisbatini o’zgartirish ko’proq uchraydi. 
Masalan, to’r pardada ozgina joyni egallagan markaziy chuqurcha miya po’stlog’idagi ko’ruv 
sohasiga to’r pardaning ancha katta bo’lgan chet qismidan ko’proq joyga impulslar etkazadi. 
Axborotni vaqtga nisbatan o’zgartirilishi resteptorlarning uyg’un ritmdagi tonik 
impulsastiyasini bosqichli, dastalangan impulsastiyaga aylantirishdan iborat bo’ladi. 
Keragidan ortiq axborotlarni chegaralash va muhimini ajratib o’tkazish axborotlar 
o’zgartirilishining yana bir turidir. Bunga torayuvchi voronkada ikkinchi darajadagi 
axborotlarni ajrata boshlanishi misol bo’lishi mumkin. Katta resteptiv sohadan yuzaga 
chiqadigan va uzoq vaqt davom etadigan impulslarni ham uzluksiz ravishda sensor markazga 
o’tkazish shart emas. Masalan, taktil resteptorlar og’ir kiyim kiyganda va echilganda kuchli 
qo’zg’aladi va rag’bat ta’siri boshlanishi va tugashi to’g’risida axborot beradi. Bu xildagi 
miyaga o’tkazuvchi axborot hajmini kamaytirish boshqa sensor tizimlarida ham uchraydi. 
Ikkinchi darajadagi axborotlarni sensor tizimining periferik va o’tkazuvchi qismlarida taxlil 
qilib, yuqori markazlarga o’tkazmasligi bu markazlarni ortiqcha ishdan xalos kiladi.
Axborotlarni kodlash. 
Resteptorlar berilayotgan turli ko’rinishdagi ta’sirotlarni sensor 
tizimning po’stloq markazi qabul qilib olishi uchun uni miyaga mukammal va «tushunarli» 
bo’lgan nerv impulslariga aylantirishi kerak. 
Kodlash
deb axborotlarni ma’lum qoidalarga 
asoslanib o’zgartirilishi, ya’ni shartli shaklga aylantirilishi tushuniladi. Ta’sirotlarni 
kodlashda, eng avvalo, rag’batning bor-yo’qligi belgilanishi kerak. Bu vazifani odamda 
analizatorlarning po’stloq osti qismidagi on-va off-neyronlari bajaradi. Masalan, ko’ruv


216 
analizatorlarida yorug’lik paydo bo’lishini (on-neyronlar) va yorug’lik yo’qolishini (off-
neyronlar) qayd qiladigan yoki yorug’lik paydo bo’lganida va yo’qolganida qo’zg’aladigan 
on-, off neyronlar bor. Kodlash jarayonida faqat resteptorlar emas, balki sensor tizim 
zanjirining keyingi xalqalari ham ishtirok etadi. 
Tashqi ta’sirotlarni saralash va kodlash birinchi galda, resteptorlarning tuzilish 
xususiyatlarini, ularning ma’lum rag’batni qabul qilishga ixtisoslashganligini ta’minlaydi. 
Masalan, nurni qabul qilishga moslashgan ko’ruv analizatori tovushga nisbatan befarq. 
Shunday bo’lsa ham, barcha neyronlarning harakat potenstiallari deyarli bir xil bo’lsa, qanday 
qilib markazlar turli tabiatli ta’sirotlarning farqini bir-biridan ajratadi, degan savol tug’ilishi 
tayin. Ma’lumki, tabiati bir bo’lgan ta’sirlovchilarni qabul qiladigan resteptorlarda ham o’ziga 
xos farq bor. Demak, sensor tizim ta’sirlarning turli belgilarini tahlil qilishda bir xil 
resteptorlardan emas, balki bir necha xil resteptorlardan markazga kelgan axborotlar inobatga 
olinadi. 
Kodlashning keng tarqalgan muhim usuli impulslarni boylamlar shaklida vujudga keltirish va 
har qaysi boylamda impulslar soni va joylashish tartibini o’zgartirishdan iborat. Bunday 
kodlash ta’sirlovchi xossalari to’g’risidagi axborotni boylamdagi impulslar soniga, boylamlar 
oralig’idagi masofaga, impulslarni boylamning bosh qismida, o’rtasida yoki oxirida zichrok 
bo’lishiga bog’lab sensor markazga etkazilishini ta’minlaydi.

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish