Vaziyatli masalalar kompleksi.
1. Geydingayn itning bitta buyragini ochib uning po’stloq moddasini shikaslagan It tuzalganidan
so’ng venasiga bo’yoq yubordi,siydikda bo’yoq paydo bo’lganda, operastiya qilingan buyrakni olib
tashladi. Unda nima aniqlandi, bu nimadan dalolat beradi?
2. Baqa buragining po’stloq moddasi buyrak arteriyasi bilan, mag’iz moddasi essa darvoza venasi
orqali qon bilan ta’minlanadi. Agar buyrak arteriyasini bog’lab qo’ysa, ikkinchi holatda darvoza
venasi bog’lasa nima bo’ladi?
3. Buyrakning mag’iz moddasini kulturasi o’stiriladi va bo’yoq solingan oziqli eritmaga solinadi.
Qanday hodisa ro’y beradi? Mexanizmini tushuntiring.
4. Katta odamning sutkalik diurezi 1,5l. Birlamchi siydik hosil bo’lishining sutkalik hajmi qanday?
Organizmda suvning reabsorbstiyasi qanday? ( 1 minutda buyrak orqali 1l. qon oqib o’tadi).
5. Homilaning buyragi o’z faoliyatini taxminan 5 oylarda boshlaydi. Bu qanday isbotlangan edi?
Siydik hosil qilishda birinchi bo’lib qanday jarayon yuzaga chiqadi?
6. Ayrim suyakli baliqlarning buyragida po’stloq moddasi bo’lmaydi. Ularda siydik hosil bo’lish
mexanizmi qanday? Siydik tarkibi bo’yicha nima bilan farq qiladi?
Javobi: Kanalchalar akkaratining sekrestiya faoliyati hisobiga siydik hosil bo’ladi. Siydik juda
konstentrastiyalangan bo’lib chiqadi, kontonchalar filtrastiyada qatnashmaydi.
“Ayiruv” bo’limi bo’yicha:
1.Suv-tuz almashinuvi.
2.Ayiruv organlari va ayiruv jarayonlari.
3.Buyrak funkstiyalari.
4.Siydik hosil qilish mexanizmlari
5.Nefron, uning qismlarini vazifalari, burib teskari oqizuvchi sistema.
6.Siydik hosil bo’lish jarayonlariga gormonal ta’sirlar.
7.Siydik ajralish mexanizmlari.
“Amaliyot fiziologiyasi” dasturi bo’yicha mavzu: “Ayiruv” kompyuter xonasida ishlash, MM
dasturi – «Virtual fiziologiya- Buyrak»
Logik masalalar.
1.Nima uchun buyraklarda arteriya va vena orasida iki kapilyar tizimi bo’lishi kerak?
2.Nima uchun bosim malpigiy kontokchasini kapilyarlarida organizmdagi boshqa kapilyarlariga
nisbatan yuqori bo’lishi kerak?
3.Malpigiy kontokchalaridagi kapilyarlarda bosim 40mm.sim.ust.gacha pasaysa diurez qanday
o’zgaradi?
Amaliy qism.
Amaliy ishlar:
- ayiruv jarayonlari (MM foydalanish)
- «Galereya bo’ylab aylanish» ish o’yinini o’tkazish
- «Termoregulyastiya fiziologiyasi» videofilmining namoyishi
Metodik tavsiyanomalar.
Ayiruv organlari fiziologiyasining eng asosiy savollarini: buyraklarni, ter bezlarini ichki muhit
doimiyligini saqlab turish ahamiyati, ularni boshqarilishi, ayiruvni, tana haroratini, buyrak va teri
tomirlarda qon aylanish jarayonlarini munosibligini muhokama qiling. Bir necha talabada ter
ajralishini o’rganing.
Do'stlaringiz bilan baham: |