Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

 
Integrastiyasi
: Gistologiya, anatomiya, biohimiya.
 
MAShG’ULOT MAZMUNI 
NAZARIY QISM 
Ayiruv jarayonlari. Buyraklar fiziologiyasi 
Inson hayot faoliyati davomida juda ko’plab modda almashinuvi mahsulotlari hosil bo’ladi. 
Bu mahsulotlar hujayralar tomonidan foydalanilmaydi va albatta tashqariga chiqarib yuborilishi 
kerak. Bundan tashqari organizm turli zararli moddalardan, yot moddalardan, dorivor moddalardan, 
organik moddalardan, ortiqcha suv va tuzlardan holis bqlishi kerak. Inson chiqaruv jarayonlarida 
buyraklar, o’pka, teri, xazm tizimi, jigarlar ishtirok etadi. Chikaruv a’zolarining asosiy vazifasi 
organizm ichki muhiti doimiyligini saqlashdan iborat. Chiqaruv a’zolari bir-biri bilan uzviy 
bog’langan bo’lib, birining faoliyati buzilishi boshqasini faoliyatiga ta’sir etadi.
Hazm trakti orqali oziq mahsulotlar parchalanishidan hosil bo’lgan mahsulotlar, suv, o’t va 
xazm shirasi tarkibida tushgan moddalar (morfin, hinin, salistilatlar, simob, yod) chiqarib 
yuboriladi. 
Jigar orqali esa gemoglobin almashinuvini mahsulotlari va boshqa porfirinlar o’t pigmenti 
shiklida, xolesterin almashinuvini oxirgi mahsulotlari o’t kislotasi shaklida chiqarib yuboriladi. 
Bundan tashqari dorivor moddalar (antibiotiklar), fenolrot, mannit, inulin va boshqalar chiqarilib 
yuboriladi. 
Teri asosan ter bezlari va yog’ bezlari hisobiga chiqaruv a’zosi hisoblanadi. Ter bezlari orqali 
suv, organik moddalar jumladan, mochevina, sut kislotasi, kreatinin, siydik kislotasi, ishqoriy metal 
tuzlari, (Na), uchuvchi yog’ kislotalari, mikroelementlar, hazm fermentlari (pepsinogen, amilaza, 
lipaza va ishqoriy fosfetoza). Buyrakning og’ir hastaliklarida oqsil almashinuvi mahsulotlarini 
chiqarib yuborishi kuchayadi. 
Yog’ bezlari va sut bezlari chiqaruv a’zolari ichida alohida ahamiyatga ega. Ularning 
mahsulotlari alohida fiziologik ahamiyatga ega. Ya’ni sut chaqaloqning asosiy oziq mahsuloti 
bo’lsa, yog’ esa terini moylab, har xil shikastlardan saqlaydi. Yog’ bezlari orqali erkin yog’ 
kislotalari va jinsiy gormonlar mahsulotlari chiqarilib yuboriladi. 
Buyrak va uning vazifalari. Buyraklar asosiy chiqaruv a’zosi bo’lib, juda ko’plab vazifalarni
bajaradi. 
1.Chiqaruv yoki ekskretor vazifasi. Buyraklar organizmdan ortiqcha bo’lgan suv, noorganik va 
organik moddalar, azot almashinuvi mahsulotlari, yot, moddalar, mochevini, siydik kislotasi, 
kreatinin, ammiak, dorivor moddalar. 
2.Suv muvozanatini saqlash. Xujayra ichi va xujayra tashi suv miqdorini bir hilda ushlab turish 
(volyumoregulyastiya). 
3.Ichki muhit suyuqliklarini osmotik bosimi barqarorlagini saqlash (osmoregulyastiya). 
4.Ichki muhit suyuqliklarini ion barqarorligini ta’minlash. 
5.Kislota- asos muvozanatini saqlash. 
6.Fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish: renin, eritropoetin, vitamin D3-,prostoglandinlar, 
bradikininlar, urokinaza. 
7.Qon bosimini boshqarishda ishtirok etish. 
8.Eritropoezda ishtirok etish. 
9.Gemostozda ishtirok etish. 
10.Oqsil, yog’, uglevodlar almashinuvida ishtirok etish. 
11.Himoya vazifasi-organizm ichki muhitidan yot moddalar, hamda zaxarli moddalarni chiqarib 
yuborish. 
Umumlashtirib olganda buyraklar qo’yidagi vazifalarni bajaradi: ekskretor, gomeostatik, 
metabolitik, inkretor va ximoya. 


149 
Buyraklar faoliyatini tekshirish usullari. Buyraklar faoliyatini tekshirish klinik va tajriba 
usullariga bo’linadi. Tajriba usullari esa o’z navbatida o’tkir va surunkali usullarni o’z ichiga oladi. 
O’tkir tajribalar keng ko’lamda qo’llanilmaydi, chunki bu usul qator kamchiliklardan xoli emas. 
Eng avvalo narkoz ostida olib borilib, MNT tormozlangan holda bo’ladi. Surunkali tajribalar 
I.P.Pavlov taklif qilgan siydik pufagiga fistulalar qo’yish usuli yordamida yangi pog’onaga 
ko’tarilib, tabiiy sharoitda kechadi. I.P.Pavlovning shogirdlaridan L.A.Orbeli taklif qilgan usul, 
siydik chiqaruv yo’llarini alohida-alohida qorin soxasiga tikib qo’yish usuli yordamida esa xar bir 
buyrakning siydik ajratish mexanizmini o’rganish mumkin. Bunda bir tomonlama denervastiya 
qilingan yoki bir buyragini olib tashlash yo’li bilan siydik hosil bo’lishini o’rganiladi.
Buyraklar faoliyatini o’rganishning asosiy usullaridan biri bu mikropunkstiya va mikroperfuziya 
usullaridir. Birinchi bo’lib Pensilvan Universitetida A.N.Richards taklif etgan mikropipetka 
yordamida nafronning turli qismlaridan suyuqliklar olinib, nefronning turli qismlarini siydik hosil 
bo’lishidagi roli o’rganiladi.
Inson va hayvonlar buyraklarining funkstional holatini o’rganish uchun, ayrim moddalarni qonda 
va siydikdagi miqdorini aniqlab, siydik hosil bo’lishining asosiy jarayonlari to’g’risida miqdoriy 
ma’lumot beradi (tozalanish koefistenti). Bu usul klinikada keng ko’lamda qo’llanilmoqda.
Buyraklarning fiziologik faol moddalarni sintez qilishini aniqlash uchun, arteriya va vena qon 
tomirlaridagi qon tarkibi tekshirilib, solishtirib ko’riladi.
Elektron mikroskopiya, stitokimyo, bioximik va elektrofiziologik usullar yordamida buyrak 
hujayralarining ishlash mexanizmi, turli vazifalarni bajarishi metabolitik vazifilari hamda 
kanalchalarning turli qismlarini funkstional ahamiyati o’rganiladi.
Diurezni o’rganish klinik tekshirishlarining asosiylaridan hisoblanadi. Siydikning tarkibi, undagi 
fermentlarni, gormonlarni o’rganish xozirgi kunning asosiy tekshirish usullaridan biri hisoblanadi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish