31-avgust yurtimizda Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod
etish kuni sifatida nishonlanadi.
Har yili 31-avgustda Prezidentimiz bu yerga tashrif buyurib,
qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltiradi.
Bugungi kunda yurtimizda tinch va osoyishta hayot, turli millat
va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhiti mustah-
kamlanib bormoqda. «Bu muqaddas Vatanda azizdir inson» degan
so‘zlar amaliy ma’no-mazmunga ega bo‘lib bormoqda.
Hozirgi vaqtda chetdan turib hayotimizni izdan chiqarishga
urinadigan, o‘lkamiz boyliklariga egalik qilib, xalqimizni yana qaram
qilmoqchi bo‘lgan yovuz kuchlar ham, afsuski, yo‘q emas. Bunday
xavf-xatarlar xalqaro terrorizm, ekstremizm, diniy aqidaparastlik,
axloqsizlik degan nomlar bilan ataladi. Albatta, butun dunyo bo‘ylab
ildiz otgan, odamlar, ayniqsa yoshlarni tuzoqqa tushirib, ularni o‘z
yurti, ota-onasiga qarshi qayrashga intiladigan bunday kuchlardan
ogoh bo‘lib, Vatanimiz mustaqilligini ko‘z qorachig‘idek asrab yashash
barchamizning muqaddas burchimizdir.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |