Vatan tuyg‘usi vatanparvarlik fazilatlariga asos bo‘ladi.
«Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda
tug‘iladi. Ya’ni, inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini
bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib,
yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan
yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi»
1
.
Vatanparvarlik ona yurtni sevish va ulug‘lash, uni himoya
qilish hissi bilan yashash, shu yo‘ldagi fidoyilikdir.
Fidoyilik o‘zini, bor kuch-g‘ayrati va aql-zakovatini ezgu
va buyuk maqsadlar yo‘lida to‘la safarbar etish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |