31
Diyorimizda qariyb 130 yil
davom etgan mustamlakachilik
davrida
ota-bobolarimizning yurt
bilan bog‘liq his-tuyg‘ulari faqat
qayg‘u shaklida namoyon bo‘lar
edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Munavvar qori,
Abdulla Qodi-
riy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi
ajdodlarimizning ulkan hasrat
bilan yozilgan maqola va she’r-
larini o‘qiganda,
Vatan tupro-
g‘ida turib, Vatandan judolik
dardi bilan yashash qanchalik og‘ir dard ekanini his etamiz.
El-yurt ozod, mamlakat mustaqil bo‘lsa, inson uning ravnaqi yo‘li-
da bor
kuch-qudratini safarbar etadi, Vatan bilan bog‘liq hislari
g‘urur-iftixor tuyg‘usiga aylanadi. Bugun
Vatanimiz haqida gap ketsa,
biz, avvalo, ana shunday g‘urur-iftixor hislarini tuyamiz. Chunki,
yurtimiz ozod va obod bo‘lib, kundan kunga taraqqiy etib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: