Xalqimizning ulug‘ maqsadlarini aks ettirgani uchun Mus-
taqillik maydonini Vatanimizning bosh maydoni deb ataymiz.
Uning betakror qiyofasiga qarab, butun mamlakatimizni,
xalqimizning qalbini, yuragini ko‘rgandek bo‘lamiz.
Shuni bilingki, Mustaqillik maydoni-
da barpo etilgan muhtasham monument
va haykallar, ko‘rkam xiyobon va maj-
mualar, yashil hududlar, go‘zal favvora-
larning asosiy muallifi va tashabbuskori
Prezidentimiz Islom Karimovdir.
Mustaqillikdan oldin bu maskan
giyoh ham unmaydigan, faqat temir-
beton bilan qoplangan ko‘rimsiz va
fayzsiz bir joyga aylanib yotar edi.
Bugungi kunda yurtimizning olis-
yaqindagi shahar va qishloqlaridan
yurtdoshlarimiz, dunyoning turli mam-
lakatlaridan xorijiy sayyohlar katta ha-
vas va qiziqish bilan bu yerga kelib,
Toshkentni, butun O‘zbekistonimizni
yangitdan kashf etgandek bo‘lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |