Bog'liq Vatan tuyg\'usi. 5-sinf (2015, X.Sultonov, M.Qarshiboyev)
Ezgulik arkasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning ezgu intilishlari sharafiga barpo etilgan noyob obidadir. Arka tepasidagi mo‘jaz Yer shari uzra ko‘kka parvoz qilishga shay-
langan turnalar tasvirlangan. Ular – tobora kuchga to‘lib, rivojlanib
borayotgan O‘zbekistonimiz timsoli. Bir oyoqda turgan laylaklar esa
tinchlik-osoyishtalik, yurtimizdagi qut-baraka ramzidir.
Mustaqillik maydonining to‘rida Mustaqillik va ezgulik monumenti
qad rostlagan. Bu yodgorlik ikki
qismdan – O‘zbekiston tasviri tushi-
rilgan Yer shari va farzandiga mehr
bilan termilib turgan Baxtiyor ona
haykalidan iborat. Yer shari monu-
menti 1992-yili o‘rnatilgan. Undagi
O‘zbekiston hududining tasviri yur-
timizning mustaqil davlat sifatida
dunyoda munosib o‘rnini topganini,
istiqlolimiz abadiy ekanini bildiradi.
Vatanimiz ramzi bo‘lgan Baxtiyor
ona haykali esa 2005-yili barpo etil-
gan. Ona o‘z farzandiga katta umid
va ishonch bilan termilib, uning mus-
taqil yurtimiz uchun munosib farzand
bo‘lishini tilab turibdi.