to r m a’noda, ham keng m a’noda tushunm oq kerak degan fikrni
o ‘rtaga tashladi. Olim to r m a’nodagi etnos tushunchasini ayni
vaqtda «etnikos», keng m a’nodagi etnos
tu sh u n ch asin i esa
«etnoijtim oiy tuzilm a» deb ham ataydi. U ning fikricha, to r
m a’nodagi etnos yoki etnikos — bu o'ziga xos barqaror madaniyat
(xususan til), psixika ham da etnik o ‘z-o ‘zini anglash va o ‘z etnik
nomiga (etnonimiga) ega bo‘lgan kishilarning tarixan tarkib topgan
guruhidir. Keng m a’nodagi etnosga yoki etnoijtim oiy tuzilmaga
nafaqat hududiy-siyosiy, balki ijtim oiy, iqtisodiy um um iylik
ham kiradi. Bunga misol sifatida o ‘zbek xalqini oladigan b o isak ,
m azkur nazariya tarafdorlarining qarashlariga k o ‘ra, bu tu n
dunyoda yashovchi o ‘zbeklar — etnikos b o ‘lsa, 0 ‘zbekiston
hududida istiqomat qiluvchi o ‘zbeklar esa — etnoijtimoiy organizm
hisoblanadi.
Etnos tarixining m uhim bosqichlaridan biri uning shakllanish
jarayoni hisoblanadi. Agar etnosning
shakllanishi nihoyasiga
yetgan b o isa, unga keyinroq qo‘shilgan etnik kom ponentlar uning
tarkibini o ‘zgartirib yubora olmaydi. Etnos tarkibiga qo ‘shilgan
etnografik guruh m a’lum bir tarixiy voqelik, jarayon ta ’siridan
so‘ng uning tarkibiga singib ketadi.
Y uqorida ta ’kidlanganidek, etnosning m uhim alom ati uning
tili hisoblanadi. Til ko‘pincha xalq shakllanishining sharti yoki
etnogenezining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Lekin, ba’zi hollarda
ayrim etnoslar turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlardan ham tarkib
topishi mumkin. Bunday vaziyatlarda til etnosga xos m uhim
xususiyat, etnik mansublik belgisi rolini bajaradi.
Qolaversa, shuni
ham unutmaslik kerakki, turli etnoslar bir tilda so‘zlashishlari
ham mumkin. Inglizlar va avstraliyaliklar bir tilda ingliz tilida
so‘zlashadilar. Shuningdek, aynan m azkur tilda AQSh aholisi,
kanadaliklaming katta qismi, Yamayka oroli, yangi zelandiyaliklar,
irlan d la r so ‘zlashadilar. Lekin, am alda
u la r tu rli e tn o slar
hisoblanadilar. Demak, til har doim ham etnosning shakllanishida
hal qiluvchi alom at bo ‘la olmas ekan.
Etnosning shakllanishida etnosga xos m oddiy va m a’naviy
madaniyat ham m uhim o ‘rin tutgan. Bu, aw alo , m a’lum bir
xalqqa xos m illiy-etnik alom atlar, urf-odatlar, m arosim lar, xalq
79
san’ati, axloq-odob m e’yoriari va shu kabilar. Shuningdek, etnosga
xos xususiyatlarga m a’naviy madaniyat, din ham kiradi.
Etnosning shakllanishidagi eng
m uhim alom atlar tarkibiga
mazkur etnosga mansublikni idrok etish, ya’ni etnik o ‘zlikni
anglash hissi ham kiradi. Etnik o ‘zlikni anglash hissi mazkur
xalqqa tegishli fuqarolar tom onidan o ‘zlarining kelib chiqish
tarixi va tarixiy taqdirlari umumiyligi to ‘g‘risidagi tasaw urlar
asosida shakllanadi. Hatto, misol uchun, m a’lum bir qism o ‘z-
beklar, ruslar,
yahudiylar, arm anlar, polyaklar turli m am lakat-
larda yashasalar-da, o ‘zlarini tarixiy vatanlaridagi etnik jam oa-
lari bilan bogiaydilar. Bundan tashqari,
har bir etnik jam oaga
mansub kishilar o ‘zlarini boshqa guruhga m ansub odam lardan
«biz» va «ular» degan antitezis asosida ajratib, talqin qiladilar.
Respublikamiz muslaqillikka erishganidan so‘ng o ‘zbek xalqi
etnogenezi va etnik tarixi muammosini o £rganish muhim ilmiy va
amaliy ahamiyat kasb etdi va ko'piab mualliflarning mazkur
muam m o doirasida bajarilgan tadqiqotlari e io n qilindi. Biroq,
elshunos olim K. Shoniyozov haqli ravishda ta ’kidlaganidek,
mazkur mavzuda istiqlol davrida bajarilgan dastlabki tadqiqotlarda
mualliflar masalani to ‘g‘ri q o ‘ygan bo ‘lsalar-da, lekin etnik
nazariyaga e ’tibor boim aganligidan m uam m oni to ‘g‘ri hal qilib
bera olm aganlar1. Bu borada o ‘ziga
xos nazariy-metodologik
qarashlarni mujassamlashtirgan ilk jiddiy fundam ental tadqiqot
sifatida akademik K. Shoniyozov tadqiqotiarini e’tirof etish joizdir.
M ashhur o ‘zbek elshunos olimi M arkaziy Osiyodagi etnik
jarayonlarning tarixiy negizlariga asoslanib, o ‘zbek xalqi shakl-
lanish jarayoniga oid jiddiy m ulohazalar va tarixiy asoslarga ega
nazariy m etodologik konsepsiyasini ishlab chiqqan ta d q i-
qotchilardan biridir. Muallif murakkab etnik jarayonlar borasidagi
metodologik mulohazalari va konseptual qarashlarini «G‘zbe-
kistonda ijtimoiy fanlar» jurnalining 1996 va 1998-yillardagi
sonlarida e ’lon qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: