Etnogenez va etnik tarix muammolarini tadqiq qilishda akademik
A. Asqarovning ham xizmatlari kattadir. Taniqli olim o ‘z tad-
qiqotlarida birinchilardan bo‘lib tarixiy va arxeologik, etnografik
va antropologik manbalarga
hamda adabiyotlarga asoslanib,
o‘zbeklarning shakllanish jarayonini bir necha bosqichlarga bo‘lib
tadqiq qilgan va qator nazariy-metodologik hamda ilmiy konseptual
xulosalar chiqargan. Muallif keyingi yillardagi tadqiqotlarida
etnogenez va etnik tarix muammolari bilan jiddiy shug‘ullanib,
etnos nazariyasiga oid bir qator ilmiy anjumanlar va seminarlar
tashkil etdi hamda bu borada o'zining qator ilmiy-nazariy va
metodologik qarashlarini ilgari surdi.
Shuningdek, bu davrda xalqimizning moddiy va ma’naviy
madaniyati, oilaviy va jamoaviy hayoti, etnoslararo jarayonlarni
o‘rganish borasida ham ancha samarali ishlar bajarildi. Xususan,
o‘zbek oilasi tarixi (O. Bo‘riyev), to‘y va motam marosimlari (H.
Ismoilov, Q. Nasriddinov), an’anaviy uy hunarmandchiligi (X.
Toshev va M. 0 ‘roqov), o'zbeklar orasidagi mahalla va qo‘ni-
qo‘shnichilik an’analari (Z. Orifxonova), qadimiy diniy e’tiqodlar
va ularning o‘zbek xalqi turmush tarzidagi izlari (A. Ashirov),
etnoslararo jarayonlar (U. Abdullayev) mavzulari doirasida qator
ilmiy monografiya va risolalar e’lon qilindi. Shu bilan birga 0 ‘zbe-
kistonning tarixiy etnografik mintaqalari - Toshkent shahri (Z.
Orifxonova, G. Zunnunova), Buxoro vohasi (A. Jumayev, M. Qur-
bonova), Farg‘ona vodiysi (Sh. Abdullayev, U.Abdullayev, V. Haq-
liyev, A. Ashirov, B. Tursunov, I. Xo‘jaxonov), Janubiy 0 ‘zbe-
kiston (O. Bo‘riyev, Q. Nasriddinov, F. Rahmonov, G. Tosheva, S.
Tursunov, A. Qayumov, B.
Hamroqulova, M. Ibragimova) etno-
logiyasini tadqiq etish borasida samarali natijalarga erishildi.
0 ‘zbekistonda etnografiya va etnologiya fanining tarixshunosligi
(A. Doniyorov, D. Hoshimova), mazkur fanning Oliy o‘quv
yurtlarida o‘qitilishi bo‘yicha qo‘llanma va risolalar (I. Jabborov,
O. Bo‘riyev, T. Salimov, B. Isoqov), etnologiya atamalarning
qisqacha lug‘ati (O. Bo‘riyev va T. Xo‘jamberdiyev) chop etildi.
Hozirgi davrga kelib, 0 ‘zbekiston Respublikasining qator
ilmiy maskanlarida mazkur yo‘nalishda jiddiy tadqiqotlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, 0 ‘zR FA Tarix institutining Etnologiya
19
bo'limi, 0 ‘zMUda «Arxeologiya va etnologiya» kafedrasi, TerDU
va Qarshi DUda Etnologiya ilmiy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimiz bo‘yicha doimiy va mavsumiy ilmiy ekspeditsiyalar
uyushtirilmoqda. 0 ‘zbekiston etnologiyasining
dolzarb muam-
molariga bag'ishlangan bir qator xalqaro va mintaqaviy anju-
manlar (1999, 2000, 2004, 2005, 2007) tashkil etiidi. Etnologiya
fani ning so‘nggi natijalariga bag‘ishlangan «Akademik Karim
Shoniyozov o'qishlari» turkumidagi ilmiy konferensiyani har
ikki yilda o‘tkazish yaxshi bir an’anaga aylanib ulgurdi.
Mamlakatimiz etnologlari AQSh, Angliya, Fransiya, Ger-
maniya,
Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Markaziy Osiyo
respublikalari etnologlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqala-
rini o‘rnatganlar. Rossiya FA Etnologiya va antropologiya instituti
bilan ham doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunday ilmiy
aloqalar yurtimizda etnologiya jahon ilmi bilan o‘zaro uyg‘un
rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda etnologik tadqiqotlar
jamiyat hayotining turli sohalarida o‘ta muhim ilmiy va amaliy
ahamiyat kasb etib bormoqda. Etnolog
olimlarning bilimi va
maslahatlaridan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal
etishda keng foydalanilmoqda. Fan yutuqlari kommunikatsiya
tizimida, xalqaro savdoda, diplomatiya da va boshqa qator
sohalarda samarali qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda etnologiya
ning ko‘plab boshqa yondosh fanlar bilan doimiy aloqalari sama-
rasi sifatida etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodemografiya,
etnomadaniyat,
etnopedagogika, etnofolkloristika, etnozoolo-
giya, etnobotanika kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ana shu
yutuqlarga tayanib aytish mumkinki, etnologiya bugungi kunga
kelib o‘zining yangi bir rivojlanish bosqichiga ko‘tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: