A ashirov, sh. Atadjanov


Chor Rossiyasi mustamlakasi va sovet davrida mamlakatimiz



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

Chor Rossiyasi mustamlakasi va sovet davrida mamlakatimiz
hududida olib borilgan etnografik tadqiqotlar. 
XIX asrning 70
— 80 -yillariga kelib 0 ‘rta Osiyo xalqlarining antropologiyasi, 
milliy-etnik tuzilishi, an’anaviy xo'jalik faoliyati, moddiy va 
ma’naviy madaniyatini o‘rganish borasida ma’lumotlami to ‘plash 
bo‘yicha ma’lum dasturlar ishlab chiqilgan.
1870-yilda Samarqand, Buxoro, Urganch bo‘yicha uyush- 
tirilgan ilmiy ekspeditsiya (N.N. Karazin, N.YE. Simanov)lar 
o‘z davri uchun muhim etnografik ma’lumotlarni to ‘plash imko- 
nini bergan.
0 ‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, 
o‘zbek xalqi etnografiyasini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratila 
boshlangan. Ayniqsa, 1895-yilda Toshkentda Arxeologiya 
havaskorlari Turkiston to ‘garagining tashkil etilishi natijasida 
o‘zbek xalqi etnografiyasiga oid ilmiy materiallar yig‘ila boshlandi. 
Shuningdek, Sattorxon Abdug‘afforov, Mirzo Barot, Mulla 
Qosimov, Muhammad Vafo, G. Arandrenko, L.S. Berg, V.L. 
Vyatkin, M.F. Gavrilov, A.D. Grebenkin, A.A. Divayev, 1.1. 
Ibrohimov, A.V. Kaulbars, P.YE. Kuznetsov, D.N. Logofet, 
N.A. Mayev, A.Ye. Snesarev, M.S. Andreyev, A.A. Semenov,
A.F. Petrovskiy, A.P. Shishov, V.N. Nalivkin, N.P. M al-
14


litskiylarning tadqiqotlarida o‘zbek xalqining etnik tarixi, ijtimoiy- 
iqtisodiy hayoti, geopolitik joylashuvi, o‘zaro ichki va tashqi 
aloqalari, an’anaviy turmush tarzi va madaniyatiga doir ko'piab 
ilmiy materiallar to ‘plangan.
XX asrning birinchi choragida Respublikamiz hududida 
etnografik tadqiqotlarni o‘tkazishda yosh Turkiston Respub- 
likasining fan va maorif tashkilotlari tomonidan ancha jonkuyar- 
lik ko‘rsatilgan. 1921-yilda mahalliy hokimiyat tomonidan o‘z 
davrining m ashhur etn o g ra f o lim larid an tashkii topgan 
‘Turkiston tub aholisining maishiy turmushini o‘rganish ilmiy 
komissiyasi” faoliyat yuritgan. Aynan shu komissiya ishtirokida 
mashhur elshunos tadqiqotchi olim A.A. Divayev rahbarligida 
Sirdaryo viloyati va 0 ‘rta Osiyo xalqlari etnografiyasining 
bilimdonlaridan biri M.S. Andreyev boshchiligida Samarqand 
viloyatida yashovchi el-uluslar etnografiyasi va boy folklor — 
xalq og‘zaki ijodi na’munalarini o‘rganish bo‘yicha etnofolkloristik 
ekspeditsiyalar uyushtirilgan.
1928 — 30-yillarda yirik o‘zbek folklorshunoslari G ‘ozi — 
OlimYunusov vaHodi Zaripov hamda mashhur rus etnografl 
L.P. Potapov tomonidan o'zbek xalqi madaniyati, etnografiyasi 
va folklorini o‘rganish borasida uyushtirilgan maxsus ekspeditsiya­
lar jarayonida ham mahalliy aholining o‘ziga xosligi yuzasidan 
juda boy materiallar to ‘plangan.
XX 
asrning 20 — 30-yillariga qadar etnografiya muammolari 
bilan ko‘proq rusiyzabon olimlar shug‘ullangan bo‘lsalar, 30- 
yillar oxiriga kelib M.A. Bikjanova, Sh. Inog'omov, T. Mir- 
g‘iyosov, M. Yusupov, H. Husanboyev, G. Alimov, A. Boltayev, 
M. Saidjonov kabi mahalliy mutaxassis-etnograflarning yan­
gi avlodi shakllangan. Bu davrda yaratilgan tadqiqotlar muzeylarda 
va ilmiy markazlarda bajarilgan bo‘lib, ularning asosiy ilmiy 
natijalari, asosan, turli jurnallarda maqolalar tarzidagina e’lon 
qilingan.
Etnografiya fani tarixshunosligi bilimdonlaridan biri tarix 
fanlari doktori A. Doniyorovning yozishicha, o‘sha yillarda etnograf 
va tarixchilar o ‘zbek ham da qoraqalpoq xalqlari va ular 
ajdodlarining kelib chiqishi — etnogenezi muammosini faol
15


o ‘rganishga kirishganlar1. Natijada, qator kompleks ekspe- 
ditsiyalar tomonidan muhim tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu 
borada, ayniqsa, mashhur arxeolog va elshunos olim S.P. Tolstov 
boshchiligidagi Xorazm arxeo-etnografik ekspeditsiyasi muhim 
o ‘rinni egallaydi. Mazkur ekspeditsiya tarkibida o ‘zlarining 
dastlabki ilmiy izlanishlarini olib borgan T.A. Jdanko, K.L. 
Zadixina, I. Jabborov, S. Kamolov, G.P. Snesarev kabi tad- 
qiqotchilar keyinchalik mashhur etnograf olimlar bo‘lib yetish- 
ganlar. Ular Xorazm vohasida yashovchi xalqlar — o‘zbeklar, 
qoraqalpoqlar, turkm anlar va qozoqlarning madaniyati va 
turmushiga oid ko‘plab fundamental asarlar yaratganlar.
Xorazm ekspeditsiyasi tadqiqotlari, bir tomondan, 0 ‘zbe- 
kiston etnograflari uchun mintaqa xalqlarining etnogenezi, xo‘jalik 
o'tmishi, moddiy va ma’naviy madaniyati tarixi, turmushi va 
urf-odatlarini tadqiq etishdek murakkab masalalarni hal etish 
imkoniyatini yaratdi. Ikkinchi tomondan, arxeologik va etnogra­
fik tadqiqotlar, ularning xulosalari orqali tarixchilarning tadqi- 
qotchilik amaliyoti uchun muhim hisoblangan ijtimoiy insti- 
tutlar va oilaviy munosabatlar tarixini asoslashga xizmat qiluv­
chi muhim ilmiy asoslar yuzaga kelgan.
1943-yilda 0 ‘z FA Tarix va arxeologiya instituti tarkibida 
Etnografiya bo'limining tashkil etilishi respublikada etnografik 
ilmiy izlanishlarni yanada jonlantirib yubordi, deb hisoblash 
mumkin. Bu davrda tadqiqotchilar tomonidan, asosan, tarixiy 
va zamonaviy etnografiya hamda o ‘zbeklarning etnik muam- 
molari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borildi.
1950 — 53-yillar mobaynida Farg‘ona vodiysini o‘rganish 
bo‘yicha tashkil etilgan ekspeditsiya jarayonida Namangan va 
Farg‘ona viloyatlari qishloq aholisi turmushida sovet davrida yuz 
bergan o'zgarishlar kommunistik mafkura nuqtai nazaridan 
o‘rganilgan.
1960 — 70-yillarda o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi, 
etnik tarkibi hamda mintaqalardagi qator subetnoslar bo‘yicha

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish