O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Download 20,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/264
Sana29.01.2022
Hajmi20,45 Mb.
#416696
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   264
Bog'liq
ozbekiston tarixi 7-sinf

Alisher Navoiy
1. 
Kitob san’ati qanday rivojlandi?
2.
Kutubxonalarning rivojlanganligini misollar bilan tushunti-
ring.
3. 
Tasviriy san’atdagi yutuqlarni misollar bilan asoslab bering.
4. 
Kamoliddin Behzod haqida qisqacha axborot tayyorlang.
5. 
Musiqa san’ati rivoji haqida nimalarni bilib oldingiz?
6.
O‘zbek adabiyotining ravnaqida Alisher Navoiyning xizmati 
nimalardan iborat?
Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning 
avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning muta-
fakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.
Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»


155
O‘TMISH SADOSIDA TARIX
SABOQLARI VA MA’NAVIYAT
(Xotima o‘rnida)
Siz o‘quv yili davomida jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonning 
IV–XVI asr boshlari tarixi bilan tanishdingiz. Qadim zamonlarda 
Turon, o‘rta asrlarda Turkiston va Movarounnahr nomlari bilan 
shuhrat topgan yurtimiz tarixi bayoniga yakun yasalar ekan, shu-
ni e’tirof etish joizki, xalqimizning bu ko‘hna o‘tmishi, avva-
lambor, uning ulkan bunyodkorlik faoliyati tarixidir. Bu davrda 
o‘lkamizda azim daryolar, katta-kichik soy va jilg‘alar jilovla- 
nib, deh qonchilik maydonlari kengaytirildi, bog‘-rog‘lar va bo‘s-
tonlar barpo etildi. Hozirgi kunda Siz-u biz hayot kechirayotgan 
voha va viloyatlar shakllandi va obod etildi. Son-sanoqsiz qishloq 
va shaharlar bunyod etildi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik, 
tijorat, ma’rifat, ilm-fan hamda madaniyatning markaziga aylan-
di. Hunarmandchilikning turli xil tarmoqlari rivoj topib, qo‘li 
gul mohir hu narmandlarning nozik did va ijodiy mahorati bilan
yasagan buyum-u asboblari hamda zeb-ziynatlari o‘ziga xos yuk-
sak san’at asari darajasida qiyomiga yetkazildi.
Bir tomondan sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik, ik-
kinchi tomondan hunarmandchilikning taraqqiyoti o‘z navbatida 
ichki va tashqi tijoratning kengayishiga, ayniqsa, tashqi bozor 
bilan olib borilgan aloqalarning mustahkamlanishiga va bular
esa, shubhasiz, xat-u savod, ilm-u ma’rifatning yuksalishiga olib 
keldi. Aynan shu davrda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, 
Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek singari o‘rta asrlarning 
buyuk alloma olimlari yetishib chiqdi. Ular jahon ilm-fanining 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar.
el-yurtni boshqarishda ham o‘ziga xos davlatchilik, qonun 
va qoidalar, yer va mulkka bo‘lgan haq-huquq tizimlari yuzaga 
keldi. Bu diyorda yirik viloyat hokimlari boshqargan mahalliy 
voha hokimlaridan tortib, Turk xoqonligi, Somoniylar, Xoqoniya-
Qoraxoniylar, Xorazmshohlar hamda Amir Temur saltanati kabi 
buyuk davlatlar tashkil topdi. Bu tarixiy voqelik shuni qat’iy 
tasdiqladiki, Vatanimiz hududlarida davlatchilik madaniyati o‘rta 
asrlarda yanada rivoj topib, buyuk saltanatlik boshqaruv tizimi-
gacha ko‘tarildi.


156
Davlatchilik tizimi voha hokimliklaridan markazlashgan 
sal tanat, ya’ni shahanshohlik (imperiya) darajasigacha ravnaq
topishi, shuningdek, aholisini umumdavlat dini va e’tiqodida, 
xususan, Islom dini aqidalari asosida kamol topishi, beshak,
tarixiy Turon–Tur kis ton mintaqasida qadimdan yashab kelayot-
gan ajdodlarimizni birlashtirdi. Bu davrda Imom al-Buxoriy,
Abu Iso at-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror va 
Bahouddin Naqshband kabi ulamolar yetishib chiqdi. Ular islom 
dini va qonunshunosligi taraqqiyotiga hamda uning jahon dini 
darajasiga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shdilar. Islom dini odam-
lar e’tiqodini mustahkamladi.
Ularning xalq bo‘lib shakllanish jarayonida yengilmas kuch 
sifatida asosiy omil vazifasini bajardi. Sharq va G‘arbdan turli 
qabilalarga mansub etnik guruhlar o‘lkamizga kirib kelib, ma-
halliy tub aholi bilan qo‘shilib, qorishib ketdi. Asrlar davomida 
yuz bergan bunday etnik jarayonlar natijasida o‘z hududi, dav-
latchiligi, tili, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy turmush tarziga ega 
bo‘lgan o‘zbek xalqi shakllandi.
Mashaqqatli mehnat, dehqonchilikning barokati, rohat-u uqu-
bati, yerga egalik qilish munosabatlari xalqimizning turmush 
tarziga kuchli ta’sir qilib, unda mustahkam e’tiqod, pok axloq,
sabr-qanoat qilish odobini shakllantirdi.
Bunday zabardast jamoatchilik qudratini yuzaga keltirgan 
tarixiy Turkiston – O‘zbekiston tarixda Buyuk karvon yo‘lida 
Sharq-u G‘arb davlatlarining o‘zaro iqtisodiy va madaniy mu-
nosabatlarining shakllanishida bag‘rikeng va sohibkor vositachi 
hamda qalqon mamlakat sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Vatanimiz uzoq tarixi guvohlik beradiki, adolat yo‘qolib, 
zulm kuchaygan vaqtlarda el-yurtda tanglik va notinchlik yuzaga 
keladi. Xalq g‘alayonlari ko‘tarilib, mamlakat iqtisodiy va siyo-
siy buhronga duchor bo‘ladi. Bunday og‘ir va mushkul vaziyatli 
davrda, ayniqsa, mahalliy hokimlarning Markaziy hokimiyatga 
qarshi xatti-harakatlari avj olib ketadi. Bunday davrlarda mam-
lakat tanazzulga yuz tutib, davlat barham topadi. Bu borada Te-
muriylar saltanatining fojiali qismati, ayniqsa, saboqlidir.
Ona-Vatanning mana shunday qismatidan saboq chiqargan 
ota- bobolarimizning «Vatanni sevmoq iymondandir» degan sha-
rafli so‘zlarida olam-olam ma’no-mazmun mujassamlashgan. Va
-
tanga bo‘lgan muhabbat esa ota-ona va ustozlarga bo‘lgan izzat-
hurmat, oilaga bo‘lgan sadoqat va e’tiqoddan boshlanadi.


157

Download 20,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish